Kompyuter tarmoqlari laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
b2e5872e49ce5a9a5b7a02669824aced Uslubiy ko`rsatma KT
To’g’ri bajarilgan ish: Kabelning himoya qobig’i RJ-45 konnektori ichiga
kirgan bo’ladi. Bundan tashqari sakkizta sim o’z o’rnida turganiga va ularning tartibi o’zgarib ketmaganligiga ishonch xosil qilish zarur. U qo’yidagi ko’rinishda bo’lishi zarur: 8-rasm. To’g’ri bajarilgan ish. Notug’ri! Siz tayyorlagan kabel va RJ-45 konnektori quyida ko’kinishda bo’lmasligi lozim. Chapda simlar juda uzun va ximoya qobig’i kerakli chegaraga qadar yetib bormagan. O’ngda esa simlar juda qisqa va ulanish qismiga qadar yetib bormagan. 9-rasm. Noto’g’ri bajarilgan ish. 8. Oxirgi marta ish to’g’ri bajarilganini tekshiring. Bundan so’ng konnektorni maxsus siquvchi instrumentning RJ-45 konnektoriga mo’ljallangan maxsus joyga joylashtiring va instrument dastaklarini siqing. 10-rasm. Maxsus siquvchi instrumentida UTP kabelga konnektorni ulash. 9. Endi yuqorida bajarilgan ishlarni kabelning keyingi uchida xam bajaring. Bu yerda xam simlar ranglari ketma-ketligi yuqoridagidek bo’ladi. Ish yakunida to’g’ri ulash usulidagi kompyuter tarmog’i kabeli xosil bo’ladi. Kross-kabel. Kross-o’tkazuvchi kabelini tayyorlash yuqoridagi kema- ketlikda asosida amalga oshiriladi. Bunda to’g’ri ulashdan farqli tomoni shundaki, rangli simlarning tartibi o’zgaradi. To’g’ri ulashda simlar tartibi kabelning ikkala uchida xam bir xil bo’ladi. Kross-o’tkazuvchida kabelning ikkinchi uchida birinchi uchiga qaraganda rangli simlar ketma-ketligi turlicha bo’ladi. Kabelning birinchi uchidagi simlar ketma-ketligi to’g’ri ulanishdagidek bo’ladi, ya’ni: 10-rasm. Kross-kabelning birinchi uchi: 1- to’q sariq – oq, 2 - to’q sariq, 3 - yashil-oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 – yashil, 7 - jigar rang-oq, 8 - jigar rang. Kabelning ikkinchi uchining rangli simlari qo’yidaricha tartiblanadi: 10-rasm. Kross-kabelning ikkinchi uchi: 1- yashil-oq– oq, 2 – yashil, 3 - to’q sariq oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 -to’q sariq, 7 - jigar rang-oq, 8 - jigar rang. Agar e’tibor bersangiz yashil va to’q sariq juftliklar (xuddi kesishshigani kabi) o’rin almashishadi. Ayna shuning uchun ham kross-o’tkazuvchi deb nomlanadi. Tayyorlangan kross-o’tkazuvchi kabeliga to’g’ri o’tkazuvchi kabeldan farq qilishi uchun marker yordamida belgi qo’ying. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling