Kompyuter tarmoqlari laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun


Laboratoriya topshiriqlari va ularni bajarish uchun uslubiy


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana12.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1700145
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
b2e5872e49ce5a9a5b7a02669824aced Uslubiy ko`rsatma KT

Laboratoriya topshiriqlari va ularni bajarish uchun uslubiy 
ko’rsatmalar 
Internet global tarmog’i bilan ulanish parametrlarini testlash uchun, 
shuningdek, TCP/IP protokoli sozlamalarining to’g’riligini tekshirish uchun 
yetarlicha ko’p miqdorda dasturiy vositalar mavjud. Masalan, MS Windows OTda 
maxsus o’rnatilgan kompyuter dasturlari – utilitalar mavjud. Ushbu dasturiy 
vositalar tarmoqda ulanishning ishinchliligini va boshqa bir qator muhim 
parametrlarni baholash imkonini beradi va foydalanuvchi uchun juda foydali 
hisoblanadi. 
1-topshiriq 
Tarmoqqa ulangan lokal (tarmoq) kompyuter IP-manzilini aniqlang va IP-
manzil bo’yicha tarmoqning qaysi sinfga (A,B,C) sinfga tegishli ekanligini 
aniqlang. 
MS Windows OTda kompyuter IP-manzilini aniqlash uchun IPCONFIG 
utilitasidan foydalaniladi. Ushbu dasturni ishga tushirish uchun “Buyruqlar satri” 
(«Пуск» - «Программы» - «Стандартные» - «Командная строка») oynasida 
“ipconfig” buyrug’ini kiristish va “Enter” tugmasini bosish yetarli. Bu buyruq 
bajarilishida kompyuter monitori ekranida barcha tarmoq adapterlari bo’yicha 
TCP/IP ning asosiy konfiguratsiyalari chiqariladi (2.1-rasm). 
2.1-rasm. TCP/IP protokoli parametrlarining joriy konfiguratsiyalari 
Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiritiladi. 
2-topshiriq. 
Kompyuterning lokal tarmoqda uzel nomini aniqlash. 
Kompyuterning lokal tarmoqda uzel nomini aniqlash uchun “Buyruqlar 
satri” oynasida “hostname” buyrug’ini kiritsih va “Enter” tugmasini bosish 
yetarli. Bu buyruq bajarilgandan so’ng monitor ekranida “Buyruqlar satri” 


oynasida kompyuterning lokal tarmoqldagi uzel nomi haqida axborot paydo 
bo’ladi (2.2-rasm). 
2.2-rasm. Kompyuterning lokal tarmoqdagi uzel nomi. 
Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiritiladi. 
3-topshiriq. 
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot uzatish tezligini aniqlash. 
Tarmoqda ma’lumot uzatish tezligin aniqlash uchun, MS Windows OT bilan 
ishlaganda TCP/IP protokoli sozlamalari to’g’riligini tekshiruvchi va tarmoqning 
boshqa tugunlari bilan ulanishini testlovchi PING utilitasidan foydalanish 
mumkin. Ushbu utilitaning ishlash prinsipi uncha katta bo’lmagan raqamli 
ma’lumotlar paketini ko’rsatilgan manzil bo’yicha jo’natishdan tashkil topgan. 
Mavjud standartlar shuni taklif qiladiki, bunday paketni olgan istalgan tarmoq 
adapteri manba manziliga javob yuborishi (raqamli paketlarni yuborishi) shart. 
Agar javob belgilangan vaqtda kelmasa, unda ikki qurilma o’rtasida aloqa kanali 
mavjud emas deb hisoblanadi. Agar “Buyruqlar satri” oynasiga “ping 127.0.0.1” 
buyrug’i kiritilsa, unda u utilitaning o’zining to’g’ri ishlashini tekshirish imkonini 
beradi (2.3-rasm). Odatda ma’lumot uzatish tezligini testlash uchun har biri 32 
bitdan iborat bo’lgan 4 ta raqamli paket yuboriladi va yuborish – qabul qilish 
vaqtlari o’rasidagi yaqinlik millisekundlarda (ms) aniqlanadi. Parametr (yuborish – 
qabul qilish vaqti) multimedia ilovalari, tarmoq (on-line) o’yinlar va boshqalar 
uchun alohida muhim. Bu ilovalar uchun ushbu parametr 500 ms dan oshib 
ketmasligi shart. Agar bu parametr 200ms dan kam bo’lsa, unda server bilan aloqa 
juda yaxshi deb hisoblanadi, agar parametr 200 ms dan ko’p bo’lsa, unda aloqa 
qoniqarli yoki qoniqarsiz bo’ladi. 



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling