Kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar


U tarmoq qurilmalari va dasturiy ta'minot o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni belgilaydigan protokol pog’onalarining izchil modeli g'oyasini ilgari surdi.OSI modeli


Download 246.4 Kb.
bet2/7
Sana18.12.2022
Hajmi246.4 Kb.
#1031603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ozodbek - osi etalon modeli

U tarmoq qurilmalari va dasturiy ta'minot o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni belgilaydigan protokol pog’onalarining izchil modeli g'oyasini ilgari surdi.OSI modeli.


OSI pog’onalari, ularning vazifasi
1, Fizikaviy pog‘ona (Physical Layer) fizikaviy kanallar (koaksial kabel, mis kabel, optik-tolali kabel yoki radiomuhit) orqali bitlar ketma-ketligi bilan ish olib boradi.
Ushbu pog‘onaga ma'lumotlar uzatish fizikaviy muhit-larining, misol uchun, o‘tqazish polosasi, shovqindan himoya, so‘nish kabi tavsiflari aloqador.
Fizikaviy pog‘onaning vazifalarini tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar amalga oshiradi va fizikaviy muhit orqali bog‘lanish tashkil etilishini ta'minlaydi

2, Kanal pog ‘onasi (Data Link Layer) vazifalariga uzatish muhitining layoqatligini tekshirish (fizik muhit bir necha foydalanuvchilar bilan band bo‘lishi mumkin), xatoliklarni aniqlash va korreksiyalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishdir.

2, Kanal pog ‘onasi (Data Link Layer) vazifalariga uzatish muhitining layoqatligini tekshirish (fizik muhit bir necha foydalanuvchilar bilan band bo‘lishi mumkin), xatoliklarni aniqlash va korreksiyalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishdir.

Buning uchun kanal pog‘onasida bitlar ketma-ketligi kadrlar deb nomlanuvchi to‘plamlarga birlashtiriladi. Kanal pog‘onasi har bir kadrni uzatishning to‘g‘riligini ta'minlaydi, ajratish uchun uni bitlarning maxsus ketma-ketligi bilan o‘raydi, shuningdek nazorat ketma-ketligini kadrga qo‘shgan holda hisoblab chiqaradi.

Kanal pog‘onasi turli topologiyadagi lokal tarmoqning ixtiyoriy ikki tuguni orasida kadrning uzatilishini ta'minlaydi. Kanal pog‘onasi protokollari tomonidan shakllanadigan topologiyalarga misol uchun umumiy shina, halqa va yulduz, shuningdek, ko‘priklar va kommutatorlar yordamida tashkil etilgan strukturalar tegishlidir. Kanal pog‘onasi protokollariga Ethernet, Token Ring, FDDI, 100VG-AnyLAN misol bo‘la oladi.


3, Tarmoq pog‘onasi (Network Layer) bir necha tarmoqlami birlashtiruvchi yagona transport tizimini tashkil etish uchun xizmat qilib, ushbu tarmoqlarning oxirgi tugunlari o‘rtasida ma'lumot uzatishning turli xil tamoyillarini qo‘llashi va ixtiyoriy aloqa strukturasiga ega bo‘lishi mumkin.
Tarmoq miqyosida ma'lumotlarning uzatilishi muvofiq kanal pog‘onasi bilan amalga oshiriladi.
Tarmoqlararo ma'lumotlarni yetkazib berish, ma'lumotlarni uzatish marshrutlarini tanlash kabi masalalarni yechadi. Tarmoqlar marshrutizator deb nomlanuvchi maxsus qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanadi.

Download 246.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling