Kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar


Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi


Download 0.52 Mb.
bet3/14
Sana04.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1323863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
OSI etalon modeli, uning umumiy ta’rifi va tarixi

Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi.

OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 ta: qo‘llanish/ilovalar, taqdim etish, seans, transport, tarmoq, kanal va fizikaviy pog‘onalarga bulinadi.

Har bir pog‘ona tarmoq qurilmalari o‘zaro bog‘lanishining ma'lum bir aspekti bilan ish olib boradi.


OSI pog’onalari, ularning vazifasi
Fizikaviy pog‘ona (Physical Layer) fizikaviy kanallar (koaksial kabel, mis kabel, optik-tolali kabel yoki radiomuhit) orqali bitlar ketma-ketligi bilan ish olib boradi.
Ushbu pog‘onaga ma'lumotlar uzatish fizikaviy muhit-larining, misol uchun, o‘tqazish polosasi, shovqindan himoya, so‘nish kabi tavsiflari aloqador.
Fizikaviy pog‘onaning vazifalarini tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar amalga oshiradi va fizikaviy muhit orqali bog‘lanish tashkil etilishini ta'minlaydi

Kanal pog ‘onasi (Data Link Layer) vazifalariga uzatish muhitining layoqatligini tekshirish (fizik muhit bir necha foydalanuvchilar bilan band bo‘lishi mumkin), xatoliklarni aniqlash va korreksiyalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishdir.

Kanal pog ‘onasi (Data Link Layer) vazifalariga uzatish muhitining layoqatligini tekshirish (fizik muhit bir necha foydalanuvchilar bilan band bo‘lishi mumkin), xatoliklarni aniqlash va korreksiyalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishdir.

Buning uchun kanal pog‘onasida bitlar ketma-ketligi kadrlar deb nomlanuvchi to‘plamlarga birlashtiriladi. Kanal pog‘onasi har bir kadrni uzatishning to‘g‘riligini ta'minlaydi, ajratish uchun uni bitlarning maxsus ketma-ketligi bilan o‘raydi, shuningdek nazorat ketma-ketligini kadrga qo‘shgan holda hisoblab chiqaradi.

Kanal pog‘onasi turli topologiyadagi lokal tarmoqning ixtiyoriy ikki tuguni orasida kadrning uzatilishini ta'minlaydi. Kanal pog‘onasi protokollari tomonidan shakllanadigan topologiyalarga misol uchun umumiy shina, halqa va yulduz, shuningdek, ko‘priklar va kommutatorlar yordamida tashkil etilgan strukturalar tegishlidir. Kanal pog‘onasi protokollariga Ethernet, Token Ring, FDDI, 100VG-AnyLAN misol bo‘la oladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling