Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi muammolari
Xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS) hujumlari
Download 10.1 Kb.
|
Tarmoq xavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararli hujumlar.
Xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS) hujumlari.
Xizmatdan voz kechishga qaratilgan hujumlarda hujumchi mijozlarga,foydalanuvchilarga tashkilotlarda mavjud bo‘lgan biror xizmatni cheklashga urinadi. DOS hujumlari biror axborotning o‘g‘irlanishiga yoki yo‘qolishiga olib kelmasada, tashkilotfunksiyasini bajarilmasligiga sababchibo‘ladi. DOS hujumlari tizimda saqlangan 138 fayllar va boshqa maxfiy ma’lumotlarga, hattokiweb- saytning ishlashiga ham ta’sir qiladi.Ushbu hujum bilan web-sayt faoliyatini to‘xtatib qo‘yish mumkin. Taqsimlangan DOS hujumlar:(Distributed DOS, DDOS). DDOS keng qamrovli nishondagi tizim va tarmoq resurlarida xizmatdan foydalanishni buzishgaqaratilgan hujum bo‘lib, Internetdagi ko‘plab zombi kompyuterlar orqali bilvosita amalga oshiriladi. Bunda, hujum ostidagi xizmatlarasosiy nishon deb qaralib, tizimlarni obro‘sizlantirish (zombi holatigaolib kelish) ikkilamchi nishon deb qaraladi Zararli hujumlar. Zararli hujumlar tizim yoki tarmoqqa bevosita va bilvosita ta’sir qiladi.Zararli dastur - fayl bo‘lib,kompyuter tizimiga tahdid qilish imkoniyatiga ega va troyanlar, viruslar, “qurt”lar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Zararli dasturiy vositalari foydalanuvchining ruxsatisiz hujumchi kabi g‘arazli amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular yuklanuvchi kod (.exe), aktiv kontent, skript yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Hujumchi zararli dasturiyvositalardan foydalangan holda tizim xafsizligini obro‘sizlantirishi, kompyuteramallarini buzishi, maxfiy axborotni to‘plashi, web saytdagikontentlarni modifikatsiyalashi, o‘chirishi yoki qo‘shishi, foydalanuvchi kompyuteri boshqaruvini qo‘lga kiritishi mumkin.Bundan tashqari, zararlidasturlardan hukumat tashkilotlaridan va korporativ tashkilotlardan katta hajmdagi maxfiy axborotni olish uchun ham foydalanish mumkin.Zararli dasturlarning hozirdaquyidagi ko‘rinishlari keng tarqalgan: vviruslar: o‘zini o‘zi ko‘paytiradigan dastur bo‘lib,o‘zini boshqa dasturichiga, kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjatichiga biriktiradi; vtroyan otlari: bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko‘rinuvchi dasturiy vosita sifatida o‘ziniko‘rsatsada, yashiringan zararli koddan iborat; vadware: marketing maqsadidayoki reklamani namoyishqilish uchun foydalanuvchi faoliyatini kuzatib boruvchi dasturiy ta’minot; vspyware: foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kirituvchi va uni hujumchigayuboruvchi dasturiy kod; vrootkits: ushbu zararli dasturiy vosita operatsion tizim tomonidan aniqlanmasligi uchun o‘z harakatlarini yashiradi; Download 10.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling