Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Talabalar soni
Download 50.98 Kb.
|
uloti (2)
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi Kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida Kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikasiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar. Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo Kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikasiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo’ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq. Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi. Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi. Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o‘lchov birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov birliklari mavjuddir, bular: Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni; Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni; Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni. Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi. Oliy ta’lim muassasalari kasb hunar kollejlari va akademik litseylarning hamda maktablarning Kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar. Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va maktablarning Kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat: axborotni tashkil qilish va izlab topish; zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish; fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni tarmoqdan qidirish; talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish; elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish; masofaviy ta’lim olish; hisobotlar tayyorlash va uzatish; elektron hujjat almashishni tashkil qilish; talabalar ota-onalari farzandlarining o‘zlashtirishi va davomatini kuzatib borish. Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim muassasalarining ta’lim tarmog‘i yaratilgan. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i barcha ta’lim muassasalarining axborot resurslarini o‘zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi. Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi. Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini Kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuter (hisoblash) tarmog‘i – bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‘langan Kompyuter va terminallar majmuasidir, Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi obektlar tarmoq obektlari deyiladi. Tarmoq obektlari alohida Kompyuter, Kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko‘ra Kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo‘lish mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global Kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Mintaqaviy Kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Download 50.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling