Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari


Download 171.76 Kb.
bet2/6
Sana03.12.2023
Hajmi171.76 Kb.
#1800622
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Lutpullayeva Gulchehra - Axborot Texnologiyalari Mustaqil ishi 2023

Kommutatorlar - Коммутатор- Switch
Mashrutlovchilar-Маршрутизатор- Router
Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq, va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir. Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i– bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir. Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.


TARMOQ TURLARI

  1. PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.

  2. LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.

  3. CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi.

  4. MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.

  5. WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet).


OSI va TCP/IP
Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi.
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi. Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyu­terlar va axborot ashyolariga bog'liq. Tarmoqlar axborot uzatishni tashkil etish bo`yicha selektsiyali va marshrutlashgan axborot tarmoqlariga bo`linadi. Selektsiyali axborot tarmoqlarda monokanal asosida quriladigan abonent sistemasining o`zaro aloqasi, ular adreslangan ma`lumot bloklarini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Marshrutlashgan axborot tarmoqlarida uzatuvchidan qabul qiluvchiga kadrlarni uzatish uchun bir nechta marshrutlar ishlatilishi mumkin. Topologiya bo`yicha, ya`ni hisoblash tarmoq konfiguratsiyasi bo`yicha ikki sinfga bo`linadi: keng etkazuvchi (shirokovehatel`no`y) va ketma-ket tarmoqlar. Abonent va stantsiyalarning yig`indisi abonent sistemasi deb ataladi. Abonentlarni o`zaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi fizik muhit lozim. Uzatuvchi fizik muxit – bu aloqa yo`llari yoki kenglik (prostranstvo) bo`lib, ularda elektrik signallari tarqatiladi va ma`lumotlarni uzatuvchi apparaturalardan tashkil topadi. Uzatuvchi fizik muhit bazasidan kommuniktsion tarmoq tuziladi va u abonent sistemalari orasida axborotlarni uzatilishini ta`minlaydi. Bunday yondashish har qanday kompyuter tarmog`ini abonent sistemalarini va kommunikatsion tarmoq yig`indisi deb qarashni taqozo etadi.
Tarmoqlar axborot uzatishni tashkil etish bo`yicha selektsiyali va marshrutlashgan axborot tarmoqlariga bo`linadi. Selektsiyani axborot tarmoqlarda monakanal asosida quriladigan abonent sistemasining o`zaro aloqasi, ular adreslangan ma`lumot bloklarini tanlash (selektsiyalash) orqali amalga oshiriladi.
Marshrutlashgan axborot tarmoqlarida uzatuvchidan qabul qiluvchiga kadrlarni uzatish uchun bir nechta marshrutlar ishlatilishi mumkin.



Download 171.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling