Kompyuter tarmoqlari vazifalari Kompyuter tarmogʻi nima?


Turli darajadagi protokollarning ishlash tamoyillari


Download 478.06 Kb.
bet18/32
Sana20.06.2023
Hajmi478.06 Kb.
#1636521
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari vazifalari

Turli darajadagi protokollarning ishlash tamoyillari
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari jamiyatning turli sohalarida qo’llanilib, kishilarning iqtisodiy va madaniy turmushining barcha jabxalari (shu jumladan, bilim tarqatish, ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat, ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog’liqni saqlash kabilar)ni yaxshilashi va XXI asr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuch sifatida e’tirof etiladi. Bunday sharoitda mutaxassislar tayyorlash va ularning sifatini oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Oliy o’quv yurtlaridagi mutaxassislar o’zlarining professional faoliyatidagi tasavvur va tushunchalarini amaliy masalalar yechishda qo’llashi, masalalarni ko’zlagan maqsadda ko’rishi va tadbiq qilishi hamda yangi bilimlarni qo’lga kiritishi lozim. Bu borada mazkur “Tarmoq protokollari” fani ma’lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlarini tuzilishi, ishlashi, protokollar orqali xizmatlarni amalga oshirilishiga oid texnikaviy va texnologik jixatlarni qamrab olgan xolda, bakalavriatura talabalariga kerakli bilimlarni berishga mo’ljallangan. Fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad - bakalavriatura talabalarini nazariy va amaliy tayyorgarligi borasida zamonaviy ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini tashkil etish va protokollar orqali ishlashining umumiy tamoyillarini batafsil tushuntirish, hamda nazariy bilimlarni kuchaytirishdan iborat. Fanning vazifasi – telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining qurilish tamoyillari, kanal, tarmoq, transport va amaliy pog’onalarda ishlatiladigan protokollar (shular qatorida, ma’lumotlar uzatish tarmoqlar va tizimlarining va ularning tarkibiy qismlarining sifat ko’rsatkichlari)ni, tarmoq monitoringini tashkil etish tamoyillarini o’rgatish kabilardan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar “Tarmoq protokollari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - turli miqyosdagi ma’lumot uzatish tizimlar va tarmoqlarni qurish tamoyillari va arxitekturasini, qurilishidagi keng tarqalgan texnologiyalar uchun uskunalarni ishlash tamoyillarini, keng tarqalgan protokollarning ishlashi va ularning funktsional imkoniyatlarini, ishlash unumdorligi va sifat ko’rsatkichlarini, kanal, tarmoq, transport va amaliy pog’onalarini ishlash tamoyillari va xususiyatlarini bilishi kerak; - aloqa tarmoqlari va tizimlarining atama, tushunchalari, telekommunikatsiya soxasida amaliy va texnik muammolari, bu borada mamlakat va xorijiy tajribasi, ma’lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlarini ishlatish sharoitlari va tuzilish tamoyillari to’g’risida ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak; - zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari va asboblarini ishlatish, ma’lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlarini tadqiq etishga oid masalalarni qo’yish va taxlil qilish, tizimlarni eksperimental tadqiq etish va loyihalash, texnik imkoniyatlarini baxolash va takliflar shakllantirish, ma’lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlari tavsiflarini aniqlash malakalariga ega bo’lishi kerak. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi “Tarmoq protokollari” fani maxsus ixtisoslik fani hisoblanib, 7 semestrda o’qitiladi. Mazkur fan o’quv rejadagi “Axborot va kodlash nazariyasi”, “Elektraloqa nazariyasi”, “Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish asoslari”, “Taqsimlangan tizimlar”, “Axborot xavfsizligi” kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Fanni o’rganishda olingan nazariy va amaliy bilimlar “Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Multimedia xizmatlari” fanlarining umumiy nazariyasini chuqur o’zlashtirishda ko’prik vazifasini o’taydi. Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni “Tarmoq protokollari” fani ishlab chiqarish bilan bevosita bog’langan. Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot texnologiyalar sohasida islohotlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy o’zgarishlarga ega bo’lib, bu soha eng tezkor rivojlanayotgan va uzoq muddatli iqtisodiy o’sish potentsialiga ega bo’lgan sohaga aylandi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va rivojlanishning samaradorligini oshirish vazifalarini echishga yo’naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni mamlakatimiz hayotiga kiritish respublika hukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari va asboblarini ekspluatatsiya qilish, ma’lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlarini tadqiq etishga oid masalalarni qo’yish va taxlil qilish, tizimlarni eksperimental tadqiq etish va loyihalash, texnik imkoniyatlarini baholash va takliflarni shakllantirish, ma’lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlari tavsiflarini aniqlash bugungi kunda dolzarbdir. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, muammolarni ularning oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. ASOSIY QISM Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni Ma’lumot uzatish tarmoqlarining qurilish tamoyillari. Kirish. Asosiy tushunchalar. Infokommunikatsiya tarmog’ining kontseptual modeli. Tarmoq protokollarining o’rni va axamiyati. Ochiq tizimlarning o’zaro bog’lanish etalon modeli. TCP/IP modeli. Ma’lumot uzatish tarmog’ining tasnifi, tuzilish sxemasi va tamoyillari. Ma’lumot uzatish tarmoqlarida paketli kommutatsiya va kanal pog’onasi protokollari. Paketlar kommutatsiyasi mexanizmlari va tamoyillari. Kanal pog’onasi protokollari (Ethernet, Virtual lokal tarmoq, Frame Relay, ATM). Ma’lumot uzatish tarmoqlarida tarmoq pog’onasi protokollari. Tarmoq pog’onasi protokollari va vazifasi. IPv4 va IPv6 adreslash. Tarmoq protokollari (Marshrutizatsiya protokollari RIP/RIPng, OSPF, IGRP, EIGRP, BGP). Tarmoq protokollari. (ICMP boshqaruvchi xabarlarni uzatish protokoli. IGMP guruhli jo’natmalarni boshqarish protokoli. RSVP resurslarni rezervlash protokoli). Tarmoq protokollari IP-telefoniyada va IPTV misolida (N.323, SIP ) Ma’lumot uzatish tarmoqlarida transport pog’onasi protokollari Transport tarmog’i protokollari va vazifasi. UDP, TCP va SCTP protokollari. Transport tarmog’i protokollari (Real vaqt rejimida ishlovchi ilovalar uchun transport protokollari: RTP va RTCP). Ma’lumot uzatish tarmoqlarida amaliy va ximoyalangan tarmoq protokollari Amaliy pog’ona protokollari: Telnet, FTP va TFTP, NTP. Ximoyalangan tarmoq protokollari. QoS ni ta’minlash usullari. Tarmoq monitoringini tashkil etish. Laboratoriya mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Laboratoriya mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra pofessoro’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amalda qo’llash orqali yanada boyitadilar. Shuningdek darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Laboratoriya mashg’ulotlarning taxminiy ro’yxati 1. Tarmoqda adreslash tamoyillari. 2. L2 kommutator qurilmasini sozlashni o’rganish. 3. L2 kommutatorning xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash 4. VLAN tarmog’ini sozlash. 5. Tarmoqni sozlash va tekshirish usullari. 6. VLAN tarmoqlari o’rtasida marshrutizatsiyani sozlash 7. Marshrutizatorning asosiy ko’rsatkichlarini sozlash 8. Tarmoqda statik marshrutlash tamoyillari. 9. RIPv2 protokolini sozlash. 10.OSPF protokolini sozlash. 11.VLSM yordamida IPv4 adreslash sxemasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 12.Standart ACL ro’yxatini tekshirish va sozlash. 13.IP – telefoniya xizmatini tashkil etish. 14.Elektron pochta protokollarini taxlil etish. 15.Global tarmoq trafigini Wireshark tarmoq analizatori yordamida o’rganish. 


Download 478.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling