Kompyuter tarmoqlari vazifalari Kompyuter tarmogʻi nima?


ICMP mashrutizotori protokoli


Download 478.06 Kb.
bet22/32
Sana20.06.2023
Hajmi478.06 Kb.
#1636521
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari vazifalari

ICMP mashrutizotori protokoli
Marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar to‘g‘risida xabar berishga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP (Internet Control Message Protocol) protokoli – bu xatolar to‘g‘risida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. ICMP protokolining har bir xabari tarmoq bo‘ylab, IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari imtiyozsiz marshrutlanadi. Shuning uchun ular ham yo‘qolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‘shimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar to‘g‘risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‘qolishi, ICMPning yangi xabarlarini paydo qilmasligi kerak. ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud (3.2 - jadval). Xabarning har bir turi o‘z formatiga ega va ularning hammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi: xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli to‘la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi, nazorat yig‘indisini 16 bitli maydoni (CHECKSUM). Bundan tashqari ICMP xabari har doim sarlovha va xatoni keltirib chiqargan IP paketning birinchi 64 biti ma’lumotlarga ega. Bu qurilma-yuboruvchi xato sababini aniqroq taxlil qilishi uchun bajariladi, chunki TCP/IP steki – qo‘shma pog‘onasidagi hamma protokollar 77 o‘z xabarlarining birinchi 64 bitini taxlil qilish uchun eng muhim axborotga egalar. Maydon turi quyidagi belgilanishga ega
Aks sado – protokoli. ICMP protokoli tarmoq qurilmalariga erishishni nazoratlash uchun tarmoq administratorlariga vositalar taqdim etadi. Bu vositalarni xabarning ikki turi bilan almashishni kirituvchi aks-protokol: aks - so‘rov va aks - javob shaklida tasavvur etish mumkin. Kompyuter yoki marshrutizator inter tarmoq bo‘yicha aks - so‘rov yuboradi, unda qurilmaning IP manzili ko‘rsatiladi. AKS - SO‘ROV olgan qurilma aks - javobni tashkil qiladi va talab yuboruvchigaqurilmaga xabarni qaytaradi. Talabda bo‘lgan ayrim ma’lumotlar, javobda 78 qaytarilishi kerak. Chunki aks - so‘rov va aks - javob tarmoq bo‘yicha IP paketlar ichida uzatiladi va ularni muvoffaqiyatli yetkazib berish, inter tarmoqni butun transport tizimining normal ishlashini bildiradi. Belgilangan qurilmaga yetib bora olmaslik to‘g‘risida ma’lumotlar. Marshrutizator IP paketni yubormasa yoki yetkazib bera olmasa, u paketni yuboruvchi qurilmaga “Yetib bo‘lmaydigan belgilangan qurilma” (3-xabar turi) xabarini yuboradi. Bu xabar kod maydonida, paket nima uchun yetkazib berilmaslik sababini aniqlovchi mazmunga ega. Sabab quyidagicha kodlanadi
Marshrutizator qandaydir sabab bilan tarmoq bo‘yicha 10- paketni uzata olmasligini aniqlasa, qurilma manbaga ICMP xabarini yuboradi va keyin paketni olib tashlaydi. Xato sababidan tashqari ICMP xabari yetkazib berilmagan paket 79 sarlovhasini va ma’lumotlar maydonining birinchi 64 bitini ham kiritadi. Tayinlash tarmog‘i yoki qurilmaga apparaturaning vaqtincha ishdan chiqishi, yuboruvchi belgilangan manzil noto‘g‘ri ko‘rsatkichga hamda marshrutizator belgilangan tarmoqqa yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaganda erishilmasligi mumkin. Protokol va portga erishilmaslik tayinlash qurilmasidagi qo‘shma pog‘onaning qaysi bir protokolida amalga oshishishi UDP yoki TCP protokollarining ochiq porti yo‘qligi orqali bildiradi.
Yo‘nalishni boshqa tomonga yo‘naltirish. Kompyuterlarda yo‘nalish jadvallari odatda statik hisoblanadi, chunki tarmoq administratori tomonidan konfiguratsiyalanadi, marshrutizatorlarda esa dinamik hisoblanadi, chunki yo‘nalish axborotlari bilan almashish protokollari yordamida avtomatik tarzda shakllanadi. Shuning uchun vaqt o‘tishi bilan, tarmoq topologiyasi o‘zgarganda kompyuterlarning yo‘nalish jadvallari eskirishi mumkin. Bundan tashqari bu jadvallar odatda kam axborotga ega, masalan, faqat bir nechta marshrutizatorlarning manzili. Kompyuterlar xatti-xarakatini tuzatish uchun marshrutizator “yo‘nalishni boshqa tomonga yo‘naltirish” (Redirect) deb nomlanuvchi ICMP protokolining xabarini ishlatishi mumki

Download 478.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling