NFS klient qismini sozlash. Bunda biz NFS ning klient qismini o'rnatib,
ajratilgan katalog ierarxiyasini montirlaymiz. Dastlab quyidagi paketlarni o'rnatib
olishimiz kerak bo'ladi.
nfs-utils
system-config-nfs
RHEL tizimida fayllarni ishonchli himoyalash uchun portmap utilitasi kerak
bo'ladi. Fedorada bu funksiyasni rpcbind utilitasi bajaradi.
Ajratilgan katalog ierarxiyasini montirlash. Ajratilgan kataloglar
ierarxiyasini montirlashda quyida misol tarzda tushintirib o'tamiz. Bizga /home
katalogni /speedy.home ga, /export/progs katalogni /apps ga va /export/oracle
katalogini /oracle kataloglariga montirlashimiz talab etilsin. Birinchi navbatda
ushbu kataloglarni yaratib olamiz. Katalog yaratish komandasi mkdir foydalanib
katalog yaratib olamiz.
#mkdir /speedy.home /apps /oracle
Biz har qanday katalogni export katalog ierarxiyasidan montirlashimiz
mumkin. Ushbu misolimizda speedy /export katalogini export qladi va
/export/progs va /export/oracle kataloglarini montirlaydi.
#mount speedy:/home /speedy.home
#mount -o ro,nosuid speedy:/export/progs /apps
#mount -o ro speedy:/export/oracle /oracle
Odatiy holatda kataloglar ierarxiyasi montirlashda o'qish-yozish (read-write)
huquqi bilan montirlaydi. Birinchi qatordagi keltirilgan komandada speedy
/home katalog ierarxiyasini lokal katalog /speedy.home ga montirlaydi. Ikkinchi va
uchinchi qatorda keltirilgan komandada -o ro funksiyasi faqat o'qish (readonly)
huquqi bilan montirlaydi nosuid funksiyasi bajariladigan (executable) huquqi
bilan montirlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |