Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari. Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Topshiriqlar


Konnektorlarni ulash harakatlari tartibi


Download 0.55 Mb.
bet3/8
Sana14.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1703013
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari-fayllar.org

Konnektorlarni ulash harakatlari tartibi:
  1. Kabel uchini tekis qilib kesib oling, bu ishni asbobga kiritilgan pichoq bilan bajarish yaxshi bo‘ladi.


  2. Kabel izolyatsiyasini olib tashlang. O‘rama juftlik izolyatsiyasini tozalash uchun maxsus pichoqdan foydalanish mumkin, pichoqning o‘tkir tig‘i izolyatsiya qalinligida chiqib turadi, shuning uchun simga zarar yetkazmaydi. Agar maxsus pichoq bo‘lmasa, oddiy pichoqdan yoki qaychidan foydalanish mumkin.





O‘rama juft izolyatsiyasini tozalash uchun pichoq.

  1. Simlar o‘ramini yeching va ajrating, ularni bir qator qilib tekislang, ularning ranglari ketmaketligiga amal qiling.


  2. Simlarni bir santimetrdan ozgina uzunroq qilib kesing.


  3. Simlarni RJ-45 razyomiga qo‘ying.


  4. Simlarni to‘g‘ri joylashtirganligingizni tekshiring.


  5. Simlar razyomga to‘la kirganligini va uning old devoriga tiralganligiga ishonch hosil qiling.


  6. Juftlik sim o‘rnatilgan konnektorni qisqichga joylashtiring, so‘ng tekis, ammo qattiq kuch bilan siqing.




Simlarning rangli ketma-ketliklari Juftliklar bo‘yicha ranglarni joylashtirish ikkita keng tarqalgan standartlari mavjud: Siemon kompaniyasining T568A va AT&T kompaniyasining T568B standartlari. Bu ikki standartlar bir xil.


    1. Tarmoq kartasi <> Standart bo‘yicha kommutator: T568A



Shunday joylashtirilganda axborotni quyidagi o‘tkazgichlar: Oq-yashil, Yashil, Oqish olov rang, Olov rang simlar yetkazadi.



    1. Tarmoq kartasi <> Standart bo‘yicha kommutator: T568B



Shunday joylashtirilganda quyidagi o‘tkazgichlar: Oqish olov rang, Olov rang, Oq-yashil, Yashil simlar axborot yetkazadi.




    1. Download 0.55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling