Kompyuter tarmoqlarining turlari va klasifikatsiyalari


Kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi


Download 140.5 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1312390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

4. Kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi


Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:

  1. Geografik (hududiy) joylashuvi bo’yicha;

  2. Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;

  3. Boshqarish usuli bo’yicha;

  4. Axborotni uzatish tezligi bo’yicha; 5. Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.

Kompyuter tarmoqlari geografik (hududiy) joylashuvi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
− LAN (LOCAL-AREA NETWORK) - Lokal tarmoq chegaralangan sohadagi kompyuterlarni birlashtirish imkoniyatini beradi.
− CAN (CAMPUS-AREA NETWORK) - Kampus tarmoq, o’zaro yaqin binolarda joylashgan lokal tarmoqlarni birlashtirish uchun mo’ljallangan.
− MAN (METROPOLITAN AREA NETWORK).
Shahar kabi kattalikdagi geografik mintaqani qamrab
olgan aloqa tarmog’i. MANlardan foydalanishdan maqsad uzoq masofalada telefon simlarini tarqatishni oldini olishdan iborat. Uyali telefon tizimlari asosan MANlardan iborat.
− WAN (WIDE AREA NETWORK). Davlat kabi yirik geografik hududni o’z ichiga oladi. Ularga Tymnet, TeleNet, UniNet, AccuNetlarni misol keltirish mumkin. Internet tarmo\i minglab WANlarni birlashtiradi. Albatta, ko’pgina telefon tizimlari ham WANlardan iborat.
− GAN (Global-Area Network)- Barcha davlatlar va kontinentlarni birlashtiruvchi hamda yer sharining ixtiyoriy nuqtasidagi axborot resurslariga murojaat qilish imkoniyatini beruvchi umumplanetar tarmoq.
Ishlab chiqarih, tashkilot miqyosi bo’yicha tarmoqlar quyidacha farqlanadi:
− Bo’limlar tamog’i;
− Kampuslar tarmog’i;
− Tashkilot, kompaniya tarmoqlari.
Bosqarish usullari bo’yicha tarmoqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
“Mijoz – server” tarmoqlari;

  • Mijoz – bu tarmoqqa so’rovlar beruvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ektdir. Yoki boshqacha aytganda Mijoz- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi.

  • Server – bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ekt. Yoki boshqacha aytganda Server- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi.

“Peer–to Peer” (teng huquqli) tarmoqlar bir rangli tarmoqlar, yani tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar huquqiga ega.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling