Kompyuter tarmoqlarining turlari va klasifikatsiyalari


Axborotlarni uzatish tezligi bo’yicha


Download 140.5 Kb.
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1312390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Axborotlarni uzatish tezligi bo’yicha:
− Ma`lumotlarni uzatishning kichik tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 10 dan 100 gacha kilobit bo’ladi;
− Ma`lumotlarni uzatishning o’rtacha tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi, birdan bir necha o’nlab megabit diapazonda bo’ladi;
− Ma`lumotlarni uzatishning yuqori tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 100 dan yuqori megabit va gegabit diapazonda bo’ladi.
Territorial sohasi asosida tarmoqlar iyerarxiyasi

  1. Magistral tarmoqlar sathlari

  2. Shahar mashtabidagi tarmoqlar sathlari

  3. Lokal tarmoqlar sathlari

Kompyuter tarmoqlari tasnifi va hususiyatlari


1-jadval

Masofa bo’yicha tartiblanishi

Joylashuvi

Sinf

1 m

Bir kishi atrofidagi territoriya

(PAN) Shaxsiy tarmoq.

10 m

Xona (kvartira)

(LAN) Lokal tarmoq

100 m

Bino

(LAN) Lokal tarmoq

1 km

Shahar tumani

(LAN) Lokal tarmoq

10 km

Shahar

(MAN) Shahar mashtabidagi tarmoq;

100 km

Kontinent

(WAN) kengmashtabdagi tarmoq;

10000 km va undan ortiq

Planeta

(GAN) Internet

Bu tarmoq turlari turli kompyuterlar, saqlash va kommunikatsiya qurilmalarini o’z ichiga olishi mumkin.
Shaxsiy tarmoq (PAN) – bu kompyuter qurilmalarining simsiz tarmoq Bluetooth texnologiyasi yordamida o’zaro bog’lanishi tushuniladi.
Bluetooth tizimi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz. Bluetooth asosini bitta bosh tugun va bir qancha (ettitagacha) tobe tugunlardan iborat 10 metr radiusli maydonni qamrab olgan pikotarmoq (piconet) tashkil etadi. Vaholanki, ular bir-biri bilan ko’prik moslamasi (maxsus tugun) bilan ham bog’lanadilar. (1rasm.). Bir nechta pikosetlarning o’zaro bog’lanishi yoyilma tarmoq (рассеянную сеть (scatternet)) deb yuritiladi.
Bluetooth tizimi 2.4 GGts ISM diapazonda va 802.11. standartda ishlaydi.
Diapazon har biri 1 MGts li 79 kanalga bo’lingan.

1-rasm. Ikkita pikotarmoq (piconet) birlashib yoyilma tarmoq (рассеянную сеть (scatternet)) ni tashkil etadi.
PAN tarmog’i qisqa masofada axborot almashinuvchi yana bir texnologiya RFID smart-kart yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling