Kompyuter tehnologiyalarining rivojlanishi va tarihni o’rganish va o’rgatishdagi o’rni haqida fikr bildiring
Download 25.06 Kb.
|
Kompyuter tehnologiyalarining rivojlanishi va tarihni o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotning qanday turlari mavjud
- 3). Zamonaviy mobil qurilmalariga misollar keltiring.
- 4). Axborotning reprezentativligi deganda nimani tushunasiz
- Axborotning asosiy sifat ko’rsatkichlariga ta’rif bering.
Kompyuter tehnologiyalarining rivojlanishi va tarihni o’rganish va o’rgatishdagi o’rni haqida fikr bildiring. Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr. Hisoblash ishlarining tarixi odamzod pay do bo'lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi. Qo'l va oyoq barmoqlari ibtidoiy "hisoblash vositasi" vazifasini o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli - barmoq hisobi paydo bo'lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari "besh"ni, ikki qo'l barmoqlari 'Vnni", qo'l va oyoq barmoqlari birgalikda "yigirmani" bildirgan. Dastlabki va eng sodda sun'iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 tayoqchadan iborat bo'lib, tayoqchalar turli tuman shakllar bilan o'yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi molar sonini, yig'ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan Hisoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etardi. Ana shunday ehtiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko'rinishdan hozirgi cho'tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini bir muncha yengillashtirdi. Dastlabki hisoblash asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo'lib, Shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan, Neper tayoqchalari yordamida qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirildi va nihoyat logarifmik chizg'ich yaratilishiga asos bo'ldi. Paskalning mashinasi nemis matematigi, mexanigi va faylasufi Gotfrid Leybnisni ham ixtirochilikka undadi. Ammo u faqat qo'shish va ayirishnigina emas, balki to'rtala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratishni istardi. Leybnis 1673 yili shunday mashinani yaratdi va uni Parij akademiyasiga taqdim qildi. Bu hisoblash mashinasidagi yangilik shunda ediki. Leybnis birinchi bo'lib, raqamlar teradigan g'ildirakni pog'onali valik atrofida turli uzunlikdagi o'nta zinasi bo'lgan silindr bilan almashtirdi. U mashinalardan birini Rossiya podshosi Petr I ga sovg'a qilmoqchi edi, lekin, afsuski, o'sha mashinani ta'mirlash zarur bo'lib qoldi. Leybnis uni tuzatishga berdi, biroq mexanik qancha urinmasin, mashinani ta'mirlashni ddalay olmadi. Leybnisning hisoblash mashinalaridan biri hozir Garmover shahri muzeyida saqlanmoqda. Mexanik hisoblash mashinalaring yaratilishida rus olimlari Z. Slonimskiy (to'rt arifmetik amalni bajardigan va ildiz chiqaradigan mashina, 1845 yil); V. Bunyakovskiy (12 xonagacha bo'lgan sonlarni qo'shish va ayirish imkoniyatiga ega bo'lgan hisoblash mashinasi, 1867 yil); P. Chebishev (arifmometr, 1880 yil); V. Odner (g'ildirakdagi tishlar soni o'zgaruvchan bo'lgan moslamali hisoblash mashinasi, 1889 yil) va boshqalarning hissasi kattadir. Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energivasi yordamida amalgam oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo'la boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma (klavish) yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri kabi ishlaydigan o'nta tugmali "VK-1" mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik amallarni bajarish uchun yetarli sonda tugmalari bo'lgan hisoblash mashinalari yaratildi. Shuni aytish kerakki bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis laborant 8 soatlik ish kunida hammasi bo'lib, 2000 amal bajara olar edi. Elektron hisoblash mashinalar davri. Elektromexanik mashinalar ham o'z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko'p vaqt talab qilishi, ya'ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug'ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu maqsad yo'lida 1942-45 yillarda birinchi bo'lib AQShdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bolgan electron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba'zi manbalarda 70 tonna) o'girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo'lgan ulkan hisoblash mashinasi "ENIAK" deb nom oldi. Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari. Tarixan qisqa vaqt mobaynida (35-40 yil orasida) EHMning to'rt avlodi yaratilib, beshinchi avlod mashinlari loyihalashtirilmoqda. EHMlarning avlodlarga ajratish ularni yaratishda nimalarga asoslanganligi, qanday tuzilganligi, texnik xarakteristikalari, foydalanuvchilar uchun qulayligi va boshqa tomonlari bilan farqlanadi. EHMlarning birinchi avlodi.(50-villar boshlarigacha) qatoriga MESM, BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, Ural-1, Ural-2 ba boshqalar kiradi. Bu mashinalarning hammasi elektron lampalar asosida qurilgan. Ularning o'lchamlari katta, elektr quwatini ko'p iste'mol qiladi, amallarninh bajarilishi tezligi past, katta miqdorda axborotlarni saqlay olmaydi va ishonchsizligi bilan ajralib turadi. Bu toifa mashinalar sekundiga o'rtacha 10000 amal bajaradi. Xotirasiga faqat 2047 tahacha son sig'adi. EHMlarning ikkinchi avlodi.(1960 yillarning boshlari) tranzistorlar (yarimo'tkazgich va magnit elementlar)dan tuzilgan. Bu avlodga mansub mshinalarning o'ziga hos xususiyatlaridan biri, ular qo'llanish sohasi bo'vicha ixtisoslashtinlgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda tezroq va ishonchliligi ko'proq ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratildi.
SHAXSIY KOMPYUTER avlodlari almashuvi hakida ma'lumotnoma 1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroklar. SHAXSIY KOMPYUTER katta hajmi, kup elektr kuvvati iste'mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan. 2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim utkazgichli elementlar. Oldingi avlod ShAXSIY KOMPYuTERga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan. 3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza-integral chizmalar. SHAXSIY KOMPYUTER hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi. Ma'lum masofadagi terminallardan alo?ida bulish. 4-avlod (1970 yillar urtalaridan). Element bazasi- mikroprosessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chikarilishi. Rivojlanish yunalishi; yukori ishlab chikarish kuvvatiga ega kudratli kup prosessorli hisoblash tizimlari arzon mikro ShAXSIY KOMPYuTERlarni yaratish. 5-Avlod (1980 yillar urtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chikarila boshlandi. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o`quvchi) larni faqat tayyor bilimlarni egalashga o`rgatib kelingandi. Bunday usul talaba (yoki o`quvchi) larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so`ndirar edi. Endio`quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradiganzamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi.Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o`rniga darslarni tashkil etishgama’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogic texnologiyani mukammal o`zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o`qituvchilarga talab oshib bormoqda. Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilikdemakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalgam oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol (“Inter”- bu o`zaro, ”ast”- harakat qilmoq) - o`zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo`lishni anglatadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, o`qitishning interfaol uslubiyatlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo`lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo`ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Interfaol darslarda o`qituvchining o`rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo`naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularga: -talabaning dars davomida befarq bo`lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;- talabalarning o`quv jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi; - talabalarning fanga bo`lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi ; - pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkiletishlari mumkin. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayishi tabiiy. Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Pedagog olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida Nega o`qitamiz? Nimani o`qitamiz? Qanday o`qitamiz?savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o`qitishmumkin? - degan savoliga ham javob qidirdilar. Bu esa, olim va amaliyotchilarni o`quvjarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o`qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko`rish mumkin, degan fikrga olib keladi. Bunday fikrning tug`ilishi fanda yangi pedagogik texnologiya yo`nalishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir: Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta’lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o`quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan,pedagogik texnologiya o`qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo`lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. To`rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo`llashga asoslanganligi sababli, ularning qo`llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi. O`quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to`g`ri joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko`proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning o`quv-tarbiya jarayonida qo`llanilishi shaxsiy xar akterdan kelib chiqqan holda talabani kim o`qitayotganligi va o`qituvchi kimni o`qitayotganligiga bog`liq. Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim xayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o`z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsiyon jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va o`zlashtirgan bilimlarini o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabulqiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o`quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o`qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularni ta’limda qo`llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi.Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o`rganayotgan ba’zi o`qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya- faqat axborot texnologiyasi bilan bog`liq hamda o`qitish jarayonida qo`llanishi zarur bo`lgan o`qitishning texnik vositalari, kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o`qituvchi yoki talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog`liq. Har bir dars mavzu, o`quv predmetining o`ziga xos texnologiyasi bor. O`quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma–ketlikdagi yaxlit jarayon bo`lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishishi o`qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo`ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, vosita, shaklga ya’ni texnologiyaga bog`liq. O`qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo`lib, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh xar akteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film(yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborat texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bular. Bularning hammasi o`qituvchi va talabalarga bog`liq. Axborotning qanday turlari mavjud? «Axborot» so`zi kutilayotgan yoki bo`lib o`tgan voqеa, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, ob'еktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi katеgoriya sifatida ishlatiladi. Kibеrnеtika, informatika fanida axborot voqеa - xodisa to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida qo`llaniladi. Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob'еkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma'lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin: tеxnik axborot; agrobiologik axborot; siyosiy axborot; xuquqiy axborot; iqtisodiy axborot va boshqalar. Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular xajmining 80% ni tashkil qiladi. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega: Uzluksiz xosil bo`lishi. Harf raqamlarda ifodalanishi. Diskrеt haraktеrdaligi. Yer yuzida jonli mavjudodlarning paydo bo’lishi bilan birgalikda ularning taraqqiyoti, hamda atrof muhit to’g’risidagi, voqеa xodisalar to’g’risidagi ma`lumotlarni bilish va ular to’g’risida axborot olish shu axborotlar asosida yashash sharoitlarini bеlgilash, rivojlanish taraqqiyotini anglash katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari vaqt utishi bilan birgalikda tabiatni insonlar tomonidan o’rganish davomida bu axborotlarga yaratilayotgan va ishlatilayotgan mashinalar, apparatlar, o’lchov asboblari, tеxnoligik jarayonlar xaqidagi axborotlar qo’shilib bordi. Yigirma-o`ttiz yil oldin axborot nimaligini aniqlash juda oson edi. Axborot odamlar o’rtasida uzatiladigan ma`lumotlar hisoblanib, kеyingi vaqtda ishlab chiqarishni rеjalashtirish va boshqarish uchun, hamda yashash sharoitlarini, iqtisodiy taraqqkiyot darajasini bеlgilashda katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Masalan. Biologlik o’simliklarni o’rganish orqali o’simliklarning hayoti to’grisidagi axborotlarni yig’adi va bu axborotlar asosida o’simliklarni tabiatdagi ro’lini, ularning ko’payishini, insonlar uchun kеrakli tomonlarini aniqlaydi. Ikkinchi bir misol. Avtobus xarakatlanish davomida motorning ovozi boshqacha chiqmoqda. Avtobusdagi yulovchilar uchun bu uncha ahamiyatsiz bo’lsa, malakali xaydovchi uchun esa bu axborot hisoblanib va bunga asosan, ya`ni motordan chiqayotgan ovozga qarab motorni xolatini aniqlaydi. Dеmak axborot dеgan savolga qisqacha javob bеrishimiz uchun ikkita ob`yеktga manba va istеmolchi orasidagi bog’lanishga murojaat qilishimiz zarur ekan. Axborot manbaiga tabiiy ob`yеktlar-sayеralar, yulduzlar, insonlar, xayvonlar, o’simliklar, maydon, o’rmonlar - fan va tеxnikani rivojlantirishdagi ilmiy tajribalar, mashinalar, tеxnoligik jarayonlar kiradi. Axborot istеmolchilar ro’yxati ham katta bo’lib unga, insonlar, xayvonlar, o’simliklar, turli hil o’lchov asboblari kiradi. SHuning uchun axborot kеng doiradagi tushuncha bo’lib, jamiki ob`yеktlar,mavjudodlar, jarayonlar xaqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga oladi. Axborot manbalari va istеmolchilarining har hilligi axborot shaklining turli ko’rishda bo’lishiga olib kеldi: bеlgili, matnli va grafik. Axborotning bеlgili ko’rinishida asosan bеlgilar - harf, bеlgi, raqam va boshqalar qo’llanilib, voqia-hodisolar xaqidagi signallarni uzatishda foydalaniladi. Masalan. Svеtoforning yashil chirog’i yo`lovchi va haydochilarning harakatiga ruxsat bеrilganligini, sariq chiroq kucha harakatini o’zgarishi va qizil chiroq esa harakatlanish taqiqlanishi haqidagi ma`lumotlarni bеradi. Matnli axborot juda murakkab axborot shakli bo’lib, bu shaklda ham harflar, raqamlar, matеmatik bеlgilar qullaniladi. Faqatgina bu bеlgilar yakka holda emas balki ularning bir nеcha tuzilmalaridan, tartibli kеlishidan tashkil topadi.
Masalan. Ko’p miqdorda nashr etilgan kitoblar, qo’llanmalar, gazеta va ro’znomalar. Axborot shaklining grafik ko’rinishi turmush hayotimizda muhim ahamiyatga va katta axborotlar massiviga ega bo’lgan tabiat ko’rinishlari, foto tasvirlar, rasmlar, chizmalar, sxеmalarni misol qilishimiz mumkin. Axborotning na bir og’irligi, na bir gеomеtrik o’lchami va xеch qanday ximik yoki fizik hususiyatlar mavjud emas. Lеkin axborotni mavjud bo’lishi, saklanishi, uzatilishi uchun biror bir matеrial-ob`yеkt bo’lishi zarur. Bunday ob`yеktlar juda ko’p bo’lib va ularning soni taraqqiyot natijasida o’sib bormoqda. Xozirgi kunda axborotlarni asosiy tashuvchilari quyidagilardir.
Mobil telefon, uyali telefon yoki qoʻl telefoni uyali aloqa tizimi boʻylab ovoz va boshqa axborot uzatuvchi hamda qabul qiluvchi elektron qurilmadir. Uyali telefon, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent ( uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza st-yaga bogʻlanadi. har qaysi baza serverida "uyalar" boʻladi (nomi shundan). Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning kattakichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Dastlab 20-asr 80-yillarida qoʻl telefon aloqa, asosan, analog texnologiyalarga asoslangan, keyinroq Mobil telefonda aloqa tizimi sof raqamli tizimga oʻtgan. Yevropa mamlakatlarining deyarli har birida oʻz milliy tarmogʻi ishlab chiqilgan (mas, Fransiyada Radiocom 2000). Mobil telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza serveriga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza st-yalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Mobil telefon tarmogʻida yaratish mumkin. So’nggi bir necha yillardan beri, mobil divayslar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, internetdan umumiy foydalanish va faollik bo’yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma’lumotlar tarmog’I bo’yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir. Xuddi kompyuterlar o’tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (Operatsion.Tizimlar.) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro’yhatidan iOS, Android va Windowslar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Ishlab chiqaruvchi firmalarning mobil qurilmalariga Apple(iphone X, iphone 11, iphone 12 …), Samsung(galaxy s10, note 10 …), Xiomi, Huawei, Artel kabilarni misol keltirish mumkin. 4). Axborotning reprezentativligi deganda nimani tushunasiz? Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, etarliligi, aktualligi, o`z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko`rsatkichlari bilan bog`liqdir: a) axborotning reprezentativligi — ob'ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maksadlarida uni to`g`ri tanlash va shakllantirish bilan bog`liqdir. b) axborotning mazmundorligi — semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi. v) axborotning etarliligi (to’laligi) — qaror qabul qilish uchun minimal, lekin etarli tarkibga (ko`rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To`g`ri qaror qabul qilish uchun to`liq bo`lmagan, ya'ni etarli bo`lmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bo`lgan axborot xam foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi. g) axborotning aktualligi (dolzarbligi) — axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo`lgan vaqtdan buyon o`tgan vaqt oralig`iga bog`liq bo`ladi. d) axborotning o’z vaqtidaligi — uning avvaldan belgilab qo`yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi. e) axborotning aniqligi — olinayotgan axborotning ob'ekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi. j) axborotning ishonarliligi — axborotning real mavjud ob'ektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi. z) axborotning barqarorligi — axborotning asos qilib olingan ma'lumotlar aniqligini buzmasdan o’zgarishlarga ta'sir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotning asosiy sifat ko’rsatkichlariga ta’rif bering. Download 25.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling