Mikroprotsessor nima amallar bajarishiga qisqacha to’xtalamiz:
Doimiy xotira Vinchesterdan ma`lumotlarni o’qish, deshifrovka qilish, qayta ishlash va shu xotiraga ma`lumot yozish;
Tashqi qurilmalar xotirasidan ma`lumot o’qish, ularga ma`lumot yozish (yoki uzatish), hamda tashqi qurilmalardan kelayotgan buyruqlarni bajarish;
Tizimdagi barcha qurilmalar uchun boshqaruv signallarini ishlab chiqaradi va uzatadi hamda uzatish ketma-ketligini nazorat qiladi. Shunda mikroptorsessorni quyidagi asosiy xarakteristikalari mavjud:
Taktlar chastotasi. Bu protsessorni amallarni bajarish teziligini beradi;
Shina chastotasi. Bu esa usha amalni bajarish uchun yo’llardan borib kelish tezligini beradi;
Socketi. Socket bu mikroprotsessorni ignachalarini joylashish shaklini bildiradi, bu asosan mikroprotessorni arxitekturasi va variantlariga qarab o’zgarib boradi. Ona plata tanlanvotganida socketiga alohida e`tibor berish kerak, chunki mikroprotsessor bilan ona platani socketi har xil bo’lib qolsa ignalar o’rni bir- biriga to’g’ri kelmaydi.Mikroprotsessorda tranzstorlar bularni soni ahamiyatli
Tranzistorlar soni - bu mikroprotsessorda ishlatilgan tranzistorlar soni.
Razryadi. Protsessor bajaradigan amallar bu ikkilik sanoq sistemasidagi sonlarni ustida bajariladigan amaldir. Ikkilik sanoq sistemasi degani esa bu- "+”, "-", tok zaryadlarini ifodalaydi. 8 ta ketma- ketlik olinadi, masalan " 00011010 ” yani " - - - + + - + - " bu kombinatsiya qandaydir belgini bildiradi. Shu belgilarni ko’paytirish, qo’shish, teskarisiga o’girish – yani (konyunksiya, dezyunksiya, inkor) kabi mantiqiy amallar bilan qayta ishlanadi. Razryad tushunchasi esa protsessorda bir vaqtda ana shunday qancha belgilar ustida amallar bajara olishini bildiradi. Bu amallar, belgilar siz ishlayotgan dasturga, ishlayotgan kompyuterdagi muhitga qarab har xil buyruqlarni ifodalaydi. Lekin biz Operatsion tizim ishlash razryadi bilan mikroprotsessor ishlash razryadini qo’shib yubormasligimiz kerak, biri dasturiy tomonlama ikkinchisi qurilmaviy tamonlama zaryadlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |