Ma’lumki, mikroprotsessor EXM-ning markaziy qurilmasi bo‘lib, raqamli axborotlarning berilgan algoritm bo‘yicha avtomatik ishlashini ta’minlaydi. Protsessor EXM-ning boshqa qurilmalari bilan rasmdagidek bog‘langan.
So‘zlarni qabul qilish, saklash va ular ustida amallarni bajarish uchun registrlar, jamlagichlar va boshqa uzellardan tashkil topgan protsessorning operatsion qismi deb ataluvchi arifmetik – mantiqiy qurilma ishlatiladi.
Har qanday amal axborot so‘zlari (operandlar) ustida bajariladigan mikroamallar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Mikroamallarning bajarilish tartibi amal bajariladigan
algoritm orqali aniqlanib, uzellarning kirish yo‘llariga boshqaruvchi signallar ketma- ketligini berish bilan amalga oshiriladi. Boshqaruvchi signallar hosil qilishda protsessorning boshqaruvchi qismi deb yuritiluvchi boshqarish qurilmasidan foydalaniladi.
Bu qurilma kirish yo‘liga berilgan amal kodiga mos holda uning chiqish yo‘lida u1, u2, …, un boshqaruvchi signallar ketma-ketligi shakllanadi.
Amalning bajarilish jarayonida arifmetik mantiqiy qurilmadan boshqaruvchi qurilmaga mikroamallarning bajarilish tartibini boshqaruvchi r1,r2, …, rn mantiqiy shartlarni akslantiruvchi xabarlovchi signallar uzatiladi.
Bu signallar mikroamallar ta’sirida o‘zgaruvchi so‘zlarnig qiymatlariga qarab
«1» yoki «0» qiymatlarini oladi.
ХК
Bir taktda bajariladigan mikroamallar majmui mikrokomanda deb yuritiladi. Takt protsessor ishlaydigan diskret vaqtning ikkita t va (t+1) paytlari oralig‘ini bildiradi.
Berilgan amalning bajarilishini ta’minlovchi mikrokomandalar va mantiqiy shartlar ketma-ketligi shu amalning mikroprogrammasi deyiladi. Misol tariqasida qo‘zgalmas vergulli sonlarin bir-biriga bo‘lish amalining mikroprogrammasini ko‘raylik. Bu amalni bajaruvchi qurilma (rasm) amal bajarilishidan oldin bo‘linuvchini saqlovchi to‘plovchi jamlagich (SM)-dan; bo‘luvchini saqlovchi registr (RGX)- dan, amal bajarilgandan so‘ng hosil bo‘lgan bo‘linmani saqlovchi registr (RGY)- dan, takt schyotchigi (CrT) va xona turining to‘lib – toshishini belgilovchi trigger (TP) dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |