Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:
Geografik (hududiy) joylashuvi bo’yicha;
Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;
Boshqarish usuli bo’yicha;
Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;
Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.
Kompyuter tarmoqlari geografik (hududiy) joylashuvi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
LAN (LOCAL-AREA NETWORK) - Lokal tarmoq chegaralangan sohadagi kompyuterlarni birlashtirish imkoniyatini beradi.
CAN (CAMPUS-AREA NETWORK) - Kampus tarmoq, o’zaro yaqin binolarda joylashgan lokal tarmoqlarni birlashtirish uchun mo’ljallangan.
MAN (METROPOLITAN AREA NETWORK).
Shahar kabi kattalikdagi geografik mintaqani qamrab olgan aloqa tarmog’i. MANlardan foydalanishdan maqsad uzoq masofalada telefon
simlarini tarqatishni oldini olishdan iborat. Uyali telefon tizimlari asosan MANlardan iborat.
WAN (WIDE AREA NETWORK). Davlat kabi yirik geografik hududni o’z ichiga oladi. Ularga Tymnet, TeleNet, UniNet, AccuNetlarni misol keltirish mumkin. Internet tarmo\i minglab WANlarni birlashtiradi. Albatta, ko’pgina telefon tizimlari ham WANlardan iborat.
GAN (Global-Area Network)- Barcha davlatlar va kontinentlarni birlashtiruvchi hamda yer sharining ixtiyoriy nuqtasidagi axborot resurslariga murojaat qilish imkoniyatini beruvchi umumplanetar tarmoq.
Ishlab chiqarih, tashkilot miqyosi bo’yicha tarmoqlar quyidacha farqlanadi:
Bo’limlar tamog’i;
Kampuslar tarmog’i;
Tashkilot, kompaniya tarmoqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |