Kompyuter tizimlari arxitekturasi fanidan
Download 1.79 Mb.
|
KOMPYUTER TIZIMLARI ARXITEKTURASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. BIOS haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
“SWOT-tahlil” metodi. Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Namuna: Internet tarmoqlari va xizmatlari uchun SWOT tahlilini ushbu jadvalda tushiring.
O’quvchilarning fаоliyatini bаhоlаsh mezonlari
Mavzu(nomi): BIOS haqida Reja: 1. BIOS haqida boshlang‘ich ma’lumotlarBIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(materinskaya plata)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr). Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan BIOS’ning ishi. BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi: — kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish; — kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test); — kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi; — tizim resurslarini taqsimlaydi; — PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash; — operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr); — qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi; — elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish. BIOS’ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling