Kompyuter tizimlari arxitekturasi Mikroprotsessorlar
Download 33.58 Kb.
|
kompyuter tizimlarida shpa
Virtual tarmoqlar Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. Mobil foydalanuvchilar. Bunday noutbuk va portativ kompyuterlar kabi mobil kompyuterlar, kompyuter sanoati eng tez o`sayotgan segmentlari biri hisoblanadi. Mobil kompyuterlar 802.11 standarti asosida tarmoqqa simsiz ulanadi. Odamlar kafe, mehmonxona, aeroport, maktablar, poezd va samolyotlarda simsiz tarmoqdan mobil foydalanuvchilar tobora ortib bormoqda. Mashhur Samsung, iPhone kabi cmart telefonlar mobil telefonlar va mobil kompyuter 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlari vositasida ular internetga ulanadi.
Shaxsiy tarmoq maydoni. Shaxsiy tarmoq qurilma va shaxs o`rtasida muloqot o`rnatadi. Bunga umumiy misol qilib atrof-muhit bilan kompyuterni bog`lovchi simsiz tarmoqni olish kifoya. Bluetooth deb nomlangan qisqa masofali simsiz tarmoq yordamida har bir kompyuterga monitor, klaviatura, sichqoncha, va printerni simsiz ulash quyidagi 4-rasmda ko`rsatilgan.Mahalliy va mintaqa tarmoqlari. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT uchun mavjud standartlar (tegishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5 km dan 6 km gacha bo`lgan masofadagi kompyuterlar orasida aloqani ta`minlaydi.MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir. Hozirgi vaqtda axborot-hisoblash tizimlarini 3 ta asosiy tipga bo`lish qabul qilingan Download 33.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling