"kompyuter tizimlari"


Dasturiy ta’minotni tashqi qurilmalarga bog`liq emasligi (muustaqilligi) printsipi


Download 225.32 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi225.32 Kb.
#1615503
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish-1. m

Dasturiy ta’minotni tashqi qurilmalarga bog`liq emasligi (muustaqilligi) printsipi. Bu printsip, dasturning aniq qurilmalar bilan bog`lanishi, dastrularni translyatsiya darajasida emas, balki undan foydalanishni rejalashtirish davridaligidan iboratdir. Dasturlarning yangi qurilmalar bilan ishlashi vaqtida, qayta kom`ilyatsiya qilinishi talab qilinmaydi. Bu printsip Ko`pgina OT larda amalga oshiriladi.


Mutanosiblik printsipi (sovmestimostg`). Bu printsip, bir OT uchun yaratilgan dastur ta’minotining (DT) boshqa OT va shu OT ning oldingi versiyalarida ham bajarilish imkoniyatini belgilaydi. Mutanosiblik ijro fayllari va dastur berilgan matni darajasida bo`lishi mumkin. Birinchi holatda tayyor dasturni boshqa OT da ishga tushirish mumkin. Buning uchun mikro`rotsessor komandasi, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi mutanosiblik talab qilinadi. Qoida bo`yicha,mashina kodini qayta kodlash imkonini beradigan va ularni boshqa protsessorlar terminlaridagi ekvivalent komandalar ketma-ketligiga almashtiradigan maxsus ishlab chiqiladigan emulyatorlardan foydalaniladi. Boshlang`ich matn darajasidagi mutanosiblik, mos translyator mavjudligini, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi mutanosiblikni talab qiladi.
Ochiqlik va qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish printsipi. Ochiqlilik taxlil uchun nafaqat tizimli mutaxassislarga balki foydalanuvchilarga ham imkoniyat borligini ko`zda tutadi. Qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish, OT tarkibiga yangi modullar qo`shish va mavjudlarini o`zgartirish (modifikatsiya) imkonini beradi.
OT ni mikroyadro strukturasidan foydalanib, klient-server texnologiyasiga asosan qurish, qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish keng imkoniyat yaratadi. Bu xolda OT imtiyozli boshqaruvchi dasturlar va imtiyozsiz server-xizmatlar majmuasi tarzida quriladi. Asosiy qism o`zgartirilmasdan qolib, serverlar oson o`zgartiriladi, almashtiriladi va qo`shimcha qo`shiladi.
Mobillilik printsipi (ko`chirib o`tkazish). Bu printsip OTni bir platformadan, boshqa ti`dagi platformaga ko`chirish imkonini nazarda tutadi. Ko`chirib o`tkaziladigan OT ni ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi: OT ning deyarli katta qismi, foydalanishga mo`ljallangan hamma platformalarda translyatorlari mavjud bo`lgan tilda yoziladi. Bu yuqori darajadagi, qoida bo`yicha S tilidir. Assemblerdagi dastur umumiy holda, ko`chirib bo`lmaydigan dasturdir. Keyin, apparat resurslari bilan bevosita munosabatda bo`lgan kod fragmentlari olib tashlanadi yoki kamaytiriladi. Apparatga bog`liq kod, bir nechta yaxshi lokallashtirilgan modullarda ajratilgan holda bo`ladi.


Download 225.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling