"kompyuter tizimlari"
OT ni qurish asosiy printsiplari
Download 225.32 Kb.
|
Mustaqil ish-1. m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modullilik prinsipi.
- Funktsional tanlanish prinsipi.
OT ni qurish asosiy printsiplari
Chastota printsipi. Dastur algoritmlarida, ishlov beriladigan massivlarda amal va kattaliklarni foydalanish chastotasiga qarab ajratishga asoslangan. ko`p marta ishlatiladigan amal va ma’lumotlarga tezroq murojaat qilishni ta’minlash uchun, ularni operativ xotiraga joylashtiriladi. Bunday murojaatning asosiy vositasi, ko`p sathli rejalashtirishni tashkil etishdir. Uzoq muddatli rejalashtirishga tizim faoliyatining kamyob va uzun amallari ajratilsa, qisqa muddatli rejalashtirishga esa ko`p ishlatiladigan va qisqa amallar ajratiladi. Tizim dasturlash bajarilishini initsializatsiya qiladi yoki uzadi, dinamik tarzda talab qilinadigan resurslarni beradi va qaytib oladi, eng birinchi navbatda bu resrslar – xotira va protsessordir. Modullilik prinsipi. Modul-bu tizimning tugallangan elementi bo`lib, u modullararo interfeysga mos ravishda bajarilgandir. Modul ta’rifi bo`yicha, uni ixtiyoriy boshqasiga, mos interfeyss mavjud bo`lganda almashtirish imkonini nazarda tutadi. Ko`pincha, OT ni qurishda imtiyozga ega bo`lgan, qayta kiradigan va printerabel modullar katta ahamiyatga egadir. Imtiyozga ega bo`lgan modullar.... imtiyozli rejimda amalga oshadi, bu rejimda uzilishlar tizimi o`chiriladi, va hech qanday tashqi xodisa hisoblashlar ketma-ketligini buza olmaydi. renterabl modullar bajarilishni (ijroni) ko`p marta, takroran uzilishini va boshqa masalalardan qayta ishga tushirishni nazarda tutadi. Buning uchun, oraliq hisoblashlarni saqlash va uzilgan nuqtadan ularga qaytish ta’minlanadi. Qayta kiradigan modullar kop marta parallel foydalanishni nazarda tutadi, ammo uzilishni nazarda tutmaydi. Ular imtiyozli bloklardan tashkil to`gan bo`lib, ularga qayta murojaat, bu bloklarning birortasining tugallanganidan keyin mumkin bo`ladi. Modullilik printsipi, tizimning texnologik va ekspluotatsiya xossalarini aks ettiradi. Foydalanishning maksimal samaradorligi, agar bu printsip OT ga ham, amaliy dasturlarga ham apparaturaga ham xos bo`lsa. Funktsional tanlanish prinsipi. Bu prinsip, hisoblashlar unumdorligini oshirish maqsadida, doimiy ravishda operativ xotirada bo`lishi kerak bo`lgan modullarni ajratishni nazarda tutadi. OT ning bu qismi yadro deyiladi. Bir tomonda operativ xotirada qancha modullar ko`p bo`lsa, amallar bajarilish tezligi shuncha yuqori bo`ladi. Boshqa tomondan, yadro band qiladigan xotira xajmi juda katta bo`lishi mumkin emas, chunki aks holda amaliy masalalarga ishlov berish samarasi past bo`ladi. Yadro o`z tarkibiga uzilishlarni boshqarish modullari, multimasalalikni ta’minlovchi jarayonlar orasida boshqaruvni uztish modullari, xotirani taqsimlash modularni oladi. Download 225.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling