Kompyuter va tashki qurulma orasida ma`lumot uzatish. Reja: kirish I nazariy qism


Operator va provayderlarning huquq va majburiyatlari


Download 0.69 Mb.
bet18/23
Sana16.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1359835
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Kompyuteeer

Operator va provayderlarning huquq va majburiyatlari
24. Operator va provayder quyidagi huquqlarga ega:
a) abonentlar va foydalanuvchilarga xizmatlar ko‘rsatish;
b) quyidagi hollarda abonentni shartnomada belgilangan muddatda oldindan xabardor qilib, abonentga xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib turish:
abonent tomonidan shartnoma shartlari buzilganda, shu jumladan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq o‘z vaqtida to‘lanmaganda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari buzilganda;
v) abonentning aybi bilan yuzaga kelgan zararlar o‘rni to‘ldirilishini talab qilish;
g) abonentga zarar yetkazmasdan abonentga xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni, texnik va tarif siyosatini mustaqil belgilash hamda amalga oshirish;
d) abonent tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining foydalanilgan veb-resurslarining hisobga olinishini (log-fayllarining yuritilishini) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qilish;
e) qonun hujjatlariga muvofiq abonentning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish;
j) operatorni ogohlantirmasdan ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar ulanganda, shu jumladan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida maxsus apparat-dasturiy vositalarini o‘rnatish yo‘li bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda xizmatlar ko‘rsatishni bir tomonlama to‘xtatish.
Operator va provayder qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
25. Quyidagilar operator va provayderning majburiyatlari hisoblanadi:
a) o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, litsenziya va ushbu Qoidalar asosida amalga oshirish;
b) shartnomada belgilangan muddatda va hajmda ishlarni bajarish hamda xizmatlarni taqdim etish;
v) qonun va qonun osti hujjatlariga, shu jumladan texnik reglamentlar, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga hamda shartnomaga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini ta’minlash;
g) abonentlarga o‘zining veb-saytida va (yoki) ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, shuningdek abonentlar va foydalanuvchilar bilan ishlash joylarida quyidagi axborotlarni taqdim etish:
xizmatlarni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi, shu jumladan xizmatlar uchun tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida — o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin;
ish vaqti, pochta manzili va bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida — tegishli o‘zgarishlar kiritilgan vaqtdan boshlab;
d) shartnomaning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, shuningdek abonentning arizasiga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki shartnomada belgilangan darajadagi sifatga ega xizmatlar ko‘rsatilmaganligi uchun qayta hisob-kitob qilish;
e) abonentlarga xizmatlar ko‘rsatish normal rejimining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash-sozlash va profilaktika ishlari o‘tkazilishini boshlash muddatlari hamda davomiyligi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qilish;
j) xizmatlar uzluksiz, kechayu kunduz ko‘rsatilishini ta’minlash;
z) abonentning talabi bilan uning hisobvarag‘ida aks ettirilgan o‘zaro hisob-kitoblarning joriy holati to‘g‘risidagi, shu jumladan abonent tomonidan olingan xizmatlar to‘g‘risidagi axborotni: ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborotning hajmi to‘g‘risida batafsil axborotni taqdim etish;
i) axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni, shuningdek pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni ko‘rish;
k) abonentlarning og‘zaki murojaatlarini darhol, yozma yoki axborot tizimlari orqali qabul qilingan murojaatlarini operatorga kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqish;
l) foydalanuvchilarga har oyda bir marotaba ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanishda qonun hujjatlari hamda mazkur qoidalarga rioya qilish zarurligi yuzasidan eslatma xabarini berish. Bunda eslatma xabar matni telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan shakllantiriladi;
m) Wi-Fi xizmati ko‘rsatish vaqtida foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilgan veb-resurslari (log-fayllar) hisobini yuritish bo‘yicha apparat-texnik chora-tadbirlar ko‘rish;
n) xalqaro va shaharlararo trafik noqonuniy o‘tkazish, shu jumladan GSM, IP yoki SMS-shlyuzlardan, shu jumladan tarmoqda maxsus apparat-dasturiy vositalarini o‘rnatish yo‘li bilan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish choralarini ko‘rish;
Operator yoki provayder qonun hujjatlariga muvofiq o‘zlariga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishlari mumkin.
26. Operator yoki provayder abonentni haq to‘lash evaziga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishga yoki ma’lum bir xizmatni ko‘rsatish uchun boshqa xizmatlarni olishga majburlashga, shuningdek abonentdan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lov undirishga haqli emas.
27. Operator yoki provayder foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlarining sir saqlanishini ta’minlashi shart, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling