Kompyuter va uning axborot ta’minoti
AMALIY MS ACCESS DASTURIDA FORMALAR YARATISH
Download 1.35 Mb.
|
Kompyuter va uning axborot ta’minoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakllar-Формы
AMALIY MS ACCESS DASTURIDA FORMALAR YARATISH
Ma’lumotlar bazasi - MB ning o،zi nima, u qanday ishlaydi? Dasturchilar tilida MB axborotlarini saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va to،ldirib turuvchi hamda so،rovlar, tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo،lgan dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. MB dagi ma’lumotlar albatta muayyan bir sohaga, turdosh mavzular turkumiga yoki ma’lum bir masalaga taalluqli bo،ladi. Mazkur dastur Microsoft Office tarkibidandir. Microsoft Access MB fayli doirasida quyidagi ob’ektlardan foydalaniladi: Ma’lumotlarni saqlashga mo،ljallangan “jadvallar”; Talab qilingan ma’lumotlarnigina qidirish va ajratib olishga hizmat qiluvchi “so،rovlar”; MB jadvalidagi ma’lumotlarni ko،rish, ularga qo’shimchalar qilish va ularni o،zlashtirishga qaratilgan “shakllar”; Ma’lumotlarni tahlil qilish va muayyan qolibda chop etish uchun “hisobotlar”; Internet yoki boshqa tarmoq orqali MB dagi ma’lumotlarni ko،rish, yangilash va tahlil qilish uchun mo،ljallangan “ma’lumotlarga kirish sahifalari”. Quyida Sizlarning e’tiboringizga havola etilayotgan bayon Microsoft Accessning ma’lumotlar bazalari va ularni tashkil etuvchilari haqida yetarlicha tasavvur hosil qilishingiz uchun, qolaversa, shahsiy ma’lumotlar bazangizni tuza olishingiz uchun ham asqotadi degan umiddamiz. Dunyoda ko،plab ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari mavjud bo،lib, bu tizimlar orasida ommaviylikda Microsoft Access dasturi hammasidan ustun turadi. Shakllar bilan tanishuv“Shakllar-Формы” foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib yurmasdan ularga ma’lumotlar kiritish imkonini beradi. Qolaversa, shakllar so’rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich joylashgan natijaviy jadval ko’rinishida emas, balki chiroyli bezalgan ko’rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga ko’ra, shakl tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va so’rov asosidagi turlari mavjud bo’lib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda, avtomatlashtirish vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri avtoshakl deb nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi ya’ni “ustunlardagi“ avtoshakl, lentali avtoshakl hamda jadvalli avtoshakl deb ataluvchi turlari qo’llaniladi. rasm 5 Ko’rinib turganidek, “ustunlardagi” avtoshakl bitta qaydning barcha maydonlarini o’zida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash uchun juda qulaydir. Avtoshaklning “lentali” turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks ettirishga mo’ljallangan bo’lib, undan natijaviy ma’lumotlarni ko’rgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi jadvalli aftoshaklning izohi o’zi bilandir. Avtoshaklni yaratish uchun “База данных“ oynasidagi “Формы“ panelini ochish kerak va “Создать“ tugmasini bosish kerak. Ekranda paydo bo’lgan “Новая форма“ nomli muloqot oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so’rov tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda shakllanadi va ma’lumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor turadi. Ta’kidlash joizki, avtoshakl faqat bitta ob’ektga asoslanadi. Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir nechta jadvallarning maydonlarini va so’rovlarini qo’yish imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga bo’lish mumkin. Bir nechta o’zaro bog’langan jadvallardagi maydonlarga asoslanuvchi, shuningdek, shakllarning birlashmasini o’zida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko’rinishi sodda shaklga misol bo’ladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling