Kompyuter xotirasi va uning turlari


Download 169.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana09.05.2023
Hajmi169.9 Kb.
#1449109
1   2   3   4
Bog'liq
komp5

Lazer (kompakt) disk. CD - ROM 
CD ROM (Compact Disk Read Only Memory) – faqat ma’lumotni o`qish uchun 
mo`ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, u diskning yuqori 
ustki qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri yordamida o`qiydi. Ma’lumot 
tashuvchi sifatida oddiy kompakt – disk CD ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajimdagi ma’lumot 
sig`ishi hamda uni ishlatish qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajimlar 
multimediyali axborotlarga xos bo`lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari 
sarasiga kiradi. Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda xar xil tizim va amaliy 
dasturlarni, electron kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt disklarning boshqa turlari ham 
mavjud, masalan CD Writer, CD – R, CD – RW, DVD va boshqalar. 
CD – R (CD - Recordable). U CD-ROM ga o`xshash bo`lib, diskning o`lchami va yozish 
formati mosdir. Bu kompak diskka faqat bir marta yoziladi va cheksiz marta o`qiladi. 
Berilganlarni yozish uchun maxsus dasturi ta’minotdan foydalaniladi. 
CD – RW (CD - ReWritable). Bu diskga ma’lumotlarni ko`p marotaba yozish mumkin 
bo`lib, shu bilan birga uning bo`sh joyiga boshqa ma’lumotni ham yozish mumkin. Bundan 
tashqari diksga to`liq qayta ma’lumot yozish mumkin bo`lib, undagi avvalgi ma’lumotlar 
yo`qotiladi. Bunda ham xuddi CD – R dagidek ma’lumotlarni yozish uchun maxsus dastur 
kerak. 
 DVD (Digital Video Disk) - diskdagi raqamli video yozuvlarni o`qish uchun 
mo`ljallangan qurilma. DVD – disklar CD-ROM ga o`xshash bo`lib, lekin DVD – diskning bir 
tomoniga 4,7 Gbaytgacha, ikkala tomoniga esa 9,4 Gbayigacha ma’lumot yozish mumkin. 
Agar ikkisloyli DVD – disk ishlatilsa, u holda uning bir tomoniga 8,5 Gbaytgacha, mos 
ravishda ikkala tomoniga 17 Gbaytgacha ma’lumot yozish mumkin bo`ladi. DVD – disklarga 
ma’lumotlarni qayta yozish mumkin 

Document Outline


Download 169.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling