Kompyuter yordamida matn terish va uni kompyuter xotirasida saqlash hamda qayta yuklash


Download 168.5 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1530610
1   2   3   4
Bog'liq
.KOMPYUTERDA MATN YOZISHDA TURLI XIL O`LCHOV VA KO`RINISHDAGI SHRIFTLARDA FOYDALANISH.

Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida «ishchi maydoni» deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boriladi.
Yurgich(kursor). Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qayirida aks etishini ko‘rsatib turadi. Odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko’rinishida bo‘ladi.
Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmui menyu deb ataladi. Ular yordamida asosan matnlarni diskdan o‘qish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Yurgich v ishchi maydoning ko‘rinishi matn muharriri ishiga deyarli ta'sir ko‘rsatmaydi. Ular turli matn muxarrirlarida biroz farq qilishi mumkin.
Grafik muharrirlari shakllar, rasmlar, fotosuratlar kabi grafik ma‘lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturdir. Deyarli barcha grafik muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
 yangi shakl hosil qilish;
 shaklni qurish va tahrir qilish;
 shakllarni birma-bir ko‘rib chiqish;
 chizilgan shaklni diskda saqlash;
 chizilgan shaklni diskdan o‘qish(yuklash);
 chizilgan shaklni chop etish.
Grafik muharrirlarining qo‘llanish sohasi juda keng bo‘lib, me'morchilikda, konstruktorlik byurolarida, dizaynda, loyihalashni avtomatlashtirish tizimlarida, hatto raqslarni sahnalashtirishda, amaliy san'at va rassomlikda keng qo‘llaniladi.
Grafik muharrirlari ijrochi uchun qulay vosita bo‘lib, u murakkab, ko‘p vaqtni talab etadigan texnik ishlarni bajarishda katta yordam beradi.

Leksikon(Lexicon) matn muharriri


Matn muharrirlari, asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo‘ladi . Turli matn muxarrirlarining mos buyruqlari bir-biridani deyarli farq qilmaydi. Ular biroz farqlansada, ma'nosini tushunib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Masalan, matnni diskka yozish buyrug‘i ba'zi matn muharrirlari menyusida «yozish» deb nomlangan bo‘lsa, boshqalarida «saqlash» deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o’qish buyrug‘i turli matn muhrrirlarida «o‘qish», «yuklash» yoki «ochish» deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo‘lsa hm, deyarli bir xil ma'noni anglatadi va aynan bir xil vazifani bajaradi.
Leksikon matn prosessori menyusi ichma-ich joylashgan buyruqlar tizimiga ega. Ya'ni, menyuning biror buyrug‘i tanlansa, menyu satrida qo’shimcha buyruqlar hosil bo‘ladi.




Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling