Kompyuterda loyihalash usullari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Autocad
Kompyuterda egri chiziq – splayn chizish bo‘yrug‘i va undan foydalanish algoritmi. Egri chiziqni chizish uchun «Splayn» buyrugi yuklanadi. Muloqotlar qatorida egri chiziqning dastlabki nuqtasini kiritish so‘rab «Pervaya tochka ili [Ob’ekt]:» yozuvi paydo bo‘ladi. Nuqta ko‘rsatilgach, muloqotlar qatorida «Sleduyushaya tochka» so‘rovi paydo bo‘ladi. Ikkinchi nuqta ko‘rsatilgach, «Sleduyushaya tochka ili » so‘rovi paydo bo‘ladi. Egri chiziqni o‘tkazishning keyingi nuqtalari ham sichqoncha bilan ko‘rsatiladi. Barcha nuqtalar bo‘ylab egri chiziq o‘tkazib bo‘lingach, Enter tugmasi ketma-ket 3 marta bosilsa, egri chiziqning chizmasi hosil bo‘ladi. Agar nuqtalarni kiritish vaqtida «Zamknut» yoki «Z» kiritilsa, yopiq egri chiziq hosil bo‘ladi (1-rasm). 22 Ellips, ellips yoyi chizish buyrug‘idan foydalanish algoritmi Kompyuterda ellipsni chizish uchun «Ellips» buyrug‘i yuklanadi. Muloqotlar qatorida ellipsning birinchi o‘qiga tegishli nuqtani kiritish so‘raladi: «Konechnaya tochki osi ellipsa ili [Duga/TSentr]». Bunga javoban biror nuqtani kiritish mumkin, yoki Tsentr - TS harfini kiritib ellips markazini ko‘rsatish mumkin. Agar o‘qqa oid nuqta kiritilgan bo‘lsa, o‘qning ikkinchi uchi - «Vtoraya konechnaya tochka osi» ko‘rsatiladi, Agar ellips markazi ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘q uchi (Konechnaya tochka osi) ko‘rsatiladi. Ellips yasash uchun zarur bo‘lgan birinchi o‘qqa oid ikki nuqta o‘lchami kiritilgach, ellipsning ikkinchi o‘qi uzunligi - «Dlina drugoy osi» kiritiladi. Natijada ekranda ellips chizmasi hosil bo‘ladi. Ellips yoyini bajarish uchun «Ellips» buyrug‘idan foydalanib yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Ellipticheskaya duga» buyrug‘idan foydalanib chizish mumkin. Ellips yoyi Ellips buyrug‘idan foydalanib chizganda muloqotlar qatorida paydo bo‘ladigan «Konechnaya tochki osi ellipsa ili [Duga/TSentr]: » so‘roviga javoban «D» harfi teriladi, ellips o‘qlari uzunliklari kiritiladi. Shunda muloqotlar qatorida qo‘shimcha: «Nachalnыy ugol» so‘rovi, ya’ni yoy boshlang‘ich burchagi, so‘ngra «Konechnыy ugol» yoyning tugallanish burchagini ko‘rsatish so‘raladi. Ekranda elliptik yoy chizmasi hosil bo‘ladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling