5-savol. «Bo‘laklarga ajratish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi
Ma’lumki, kompyuterda bajarilgan har bir primitiv bitta yoki ko‘p chiziqlardan iborat
bo‘lishiga qaramay bitta ob’ekt hisoblanadi. Masalan, biror o‘lchamni olsak, unda ikkita chiqarish
va strelka, o‘lcham chizig‘i hamda o‘lcham qiymatidan iborat bo‘lgan oltita elementi mavjud.
Ularning birortasini alohida tahrirlab bo‘lmaydi. Bunday hollarda «Raschlenit»-portlatish
buyrug‘idan foydalanib, ob’ektlarni tarkibiy qismlarga ajratib yuboriladi va chizmada kerakli
tuzatishlar bajariladi. Buning uchun, ob’ekt ajratiladi va «Raschlenit»-portlatish buyrug‘i yuklanadi.
1. Bo‘laklarga bo‘lish «Raschlenit» buyrug‘ining tugmasi
yuklanadi;
2. Ekranda hosil bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ob’ekt ajratiladi va «Enter» bilan qayd
etiladi. Natijada ob’ekt tarkibiy qismlarga ajralib qoladi.
Natijada, ob’ekt tarkibiy qismlarga ajralib qoladi. Masalan, qirqimi bajarilgan vtulkaning
ichki teshigini diametr o‘lchamini ko‘rsatishda, ya’ni qo‘yilgan o‘lchamdagi bitta chiqarish
chizig‘ini va strelkani o‘chirish, hamda o‘lcham chizig‘ini qisqartirishda bu buyruqdan
foydalaniladi, 3-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |