Quyma nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari Tashqi nosozliklar quymani tashqarisidan ko’rib aniqlanadi. Ichki nosozliklar radiografik yoki ultratovush usullar bilan aniqlanadi. Radiografik (rentgenoskopiya, gamma-defektoskopiya) usullari qo’llanilganda quymalarga rentgen yoki gamma nurlari bilan ta]sir qilinadi. Bunda nosozliklar, ularning o’lchamlari va chuqurligi aniqlanadi. Quymalarga ultratovish to’lqinlari ta’sir qilganda tolqin nosozlik chegaralariga tegib qaytadi va qaytish jadaligini boyichanosozliklar o’lchamlari va chuqurligi aniqlanadi Quymalarning muhim joylarida arzimas nosozliklar yopishqoq qorishmalar, singdiriladigan moddalar, gaz alangasi va elektr yoy yordamida tuzatiladi. Qorishmalar bilan to’ldirishdan oldin nosoz joylar tozalanadi va yog’sizlantiradi, keyin tuzayilgan joy silliqlanadi, quritiladi Quymalarni singdiriladigan moddalar bilan tuzatish uchun ular 8-12 soatga ammoniy xloridning (NH4Cl) suv eritmasida ushlab turiladi – eritma metall kristallari orasiga o’tib nosozliklarni to’ldiradigan oksidlarni xosil qiladi. Gaz alangasida va elektr yoy yordamida payvandlash ishlov berilmaydigan yuzalardagi nosozliklarni (bo’shliqlarni, teshiklarni, darzlarni) cho’yan va po’lat elektrodlar yordamida qoplash uchun qo’llaniladi. Cho’yan quymalarni qoplashdan oldin 350 - 600 °С ga qizdiriladi, payvandlashdan keyin sekin sovitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |