Kompyuterlar
Tizimli blokning asosiy tashkil etuvchi qismlari quyidagilardir
Download 263.95 Kb.
|
3- amaliy mashg\'ulot.Komp r texnik ta\'minoti
Tizimli blokning asosiy tashkil etuvchi qismlari quyidagilardir:
M ikroprotsessor – bu kompyuterning markaziy qurilmasi bо‘lib, dastur orqali berilgan arifmetik va mantiqiy amallar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyasini va kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqarish funksiyasini bajaradi. Shunga kо‘ra protsessor ikki qurilmadan: arifmetik-mantiqiy qurilmadan va boshqarish qurilmasidan tashkil topadi. Arifmetik-mantiqiy qurilmaning vazifasi buyruqlarni bajarishdan, boshqarish qurilmasining vazifasi esa kompyuter qurilmalari ishini dasturiy boshqarishdan iborat. Bu qurilmalar shartli ravishda bir biridan ajratilsada, loyihasi jihatdan ular ajralmas hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar kо‘rinishida ishlab chiqarilmoqda. Fizik jihatdan mikroprotsessorlar kristalli kremniy moddasidan yasalgan uncha katta bо‘lmagan kvadrat shakldagi plastinkadan iborat. Bu plastinkaga protsessorning barcha funksiyalarini amalga oshiruvchi integral sxemalar joylashtirilgan. Kristalli plastinka odatda plastmassali yoki keramik korpusga joylashtiriladi va oltin simlar orqali metal oyoqchalarga ulanadi. Bu oyoqchalar orqali bosh plataga mahkamlanadi. Q attiq disk – bu ma’lumotlarni doimiy saqlash qurilmasi bо‘lgani uchun ba’zan uni doimiy xotira ham deb atashadi. Bundan tashqari vinchester deb ham nomlanadi. Bunga sabab birinchi ishlab chiqarilgan qattiq disk nomidan kelib chiqqan, ya’ni 1973 yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bо‘lgan va bu mashhur Winchester miltiqning kalibrga о‘xshar edi. Qattiq disklarning asosiy xarakteristiklari ularning hajm va ishlash tezligidir. T ezkor xotira mikrosxemalari yoki kompyuterning tezkor xotirasi – bu kompyuter yoqilganda kompyuterni bashqareuvchi dasturlar va boshqa amaliy dasturlarni vaqtinchalik о‘zida saqlovchi qurilma hisoblanadi. Asosiy xarakteristikasi uning hajmi va ishlash chastotasi hisoblanadi. Hozirgi kunda tezkor xotiraning bir qancha kо‘rinishlari mavjud. K esh xotira mikroshemalari –bu kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida kо‘p ishlatiladigan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira о‘rtasida joylashadi. Download 263.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling