Kompyuterlar
K ontroller yoki adapterlar
Download 263.95 Kb.
|
3- amaliy mashg\'ulot.Komp r texnik ta\'minoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiritish qurilmalari
- Shaxsiy kompyuterlarning qо‘shimcha qurilmalari
- Nazorat savollari
K ontroller yoki adapterlar. Ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta'minlaydilar. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va hakozalar.)
Bosh plata (Mother board) – bu asosiy elektron sxema bо‘lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adapter elektron sxemalari о‘rnatiladi, qattiq disk va disk yurituvchilar ulanadi. Disk yurituvchilari. Bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni о‘qish va ularga saqlash ishlarni bajararuvchi qurilma. Kompakt disk yurituvchilarining quyidagi turlari mavjud: C D-ROM – kompakt disklarni о‘qish uchun ishlatiladi. CD-RW – kompakt disklarni о‘qitish va yozish uchun ishlatiladi. DVD-ROM – kompakt va raqamli multimedia disklarni о‘qish uchun ishlatiladi. DVD-RW – kompakt va raqamli multimedia disklarni о‘qish va yozish uchun ishlatiladi. B lu-Ray – shu turli disklarga ma’lumotlar yozish va о‘qish uchun ishlatiladi. Elektr manbai bloki – bu har bir qurilmaning о‘ziga mos elektron quvvat ehtiyojini ta'minlovchi qurilmadir. Ular ishlash quvvatlari bо‘yicha farqlanadi. Kiritish qurilmalari K iritish qurilmlari – bu kompyuter xotirasiga ma’lumotlarni kiritish imkonini yaratuvchi qurilmalardir. Kiritish qurilmalarining asosiy vazifasi har xil kо‘rinishdagi: son, matn, grafik, audio va video ma’lumotlarni raqamli (ikkilik) formaga о‘tkazib, kompyuter xotirasiga kiritishdan iborat. Kiritish qurilmalariga quyidagilar kiradi. К лавиатура — bu компьютер xotirasiga alfavit raqamli ma’lumotlarni kiritishga mо‘ljallangan qurilma. Standart holda klaviaturadagi tugmalar soni 101tadan 105tagacha bо‘lishi mumkin. Lekin hozirda asosan multimediyali kaviaturalar ishlab chiqarilmoqda.Ularda qо‘shimcha bir qancha tugmalar kiritilgan.Klaviatura harfli tugmalarning joylanishiga kо‘ra ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bо‘linadi. Klaviaturadagi barcha tugmalarni shartli ravishda tо‘rtta guruhga ajratiladi: Alfavit-raqamli va belgili tugmalar (bо‘sh joy, 0-9gacha raqamlar, A-Z lotin alifbosi harflari, А-Я kiril alifbosi harflari, tinish belgilar, xizmatchi tugmalar, amal belgilari "+", "-", "/" va boshqalar). Alfavit-raqamli va belgili tugmalar guruhiga tegishli tugmachalarning asosiy vazifasi belgili ma’lumotlarni va harflar orqali teriladigan buyruqlarni kiritishdabn iborat. Har bir tugmacha ikki rejimda – quyi registr va yuqori registrlarda ishlaydi, shunga kо‘ra bir necha belgilarni kiritish imkoniyatiga ega. Quyi registrdan yuqori registrga о‘tish uchun “Shift” tugmasi bosib turiladi, yoki “Caps Lock” tugmasi bosib qо‘yiladi. Til standartlarini о‘zgartirish klaviaturalarda har xil bо‘lishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan belgilanadi. Kо‘p hollarda о‘ng Alt+Shift yoki ikkita Shift yoki о‘ng Ctrl+Shift tugmalarni birgalikda bosish orqali bajariladi. Funksional tugmachalar: F1, F2, F3 .. F12 – bu tugmalar maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari bо‘lib, ular har xil dasturlarda har hil vazifalarni bajaradi. Yо‘nalish tugmalari:bu guruhga kursorni harakatga keltiruvchi tugmalar kiradi. Ular: kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, о‘ngga va pastga siljitishni ta’minlaydi. Bundan tashqari quyidagi tugmalar ham bu guruhga kiritilgan: “Home” tugmasi - satr boshiga о‘tish; “End” tugmasi - satr ohiriga о‘tish; “PageUp” tugmasi – bir sahifa yuqoriga о‘tish; “PageDown” tugmasi – bir sahifa pastga о‘tish; “Insert” tugmasi – belgilarni о‘chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib о‘rtasiga yozish holatini о‘rtnatish; “Delete” tugmasi – kursordan о‘ngda joylashgan bitta belgini о‘chirish kabi amallarni bajaradi. Qо‘shimcha panel tugmachalari – bu raqamlar va kursorni yо‘naltiruvchi tugmalardan tashkil topgan. Asosan sonlar kiritiladi. Shuning uchun sonlarni yozishga qulay qilib joylashtirilgan. Kursorni yо‘naltiruvchi tugmachalarni aktivlashtirish uchun “NumLock” tugma bosib qо‘yiladi. Manipulyatorlar – bu (koordinatani kо‘rsatuvchi qurilma, kursorni boshqarish qurilmasi) axborotni kiritish uchun qо‘shimcha boshqaruv pulti hisoblanadi. Ular klaviatura bilan birgalikda foydalanuvchiga kompyuterda ishlashda qulay muhit yaratib beradi. Manipulyatorlar yordamida foydalanuvchi tez va oson holda kursorni displey ekrani bо‘yicha tez о‘zgartirishi, menyu bо‘limlarini tanlashi, ekran fragmentlarini ajratish kabi ishlarni bajara oladi. Manipulyatorning asosiy vazifasi kursorning ekran bо‘ylab kо‘chishini ta’minlash va kursor kо‘rsatgan ekran nuqtasini zarur holda belgilashdan iborat. Bir qator manipulyatorlar bundan tashqari ekranda tasvir chizish imkoniga ega. Hozirda shaxsiy kompyuterlarda quyidagi manipulyator turlaridan foydalaniladi: joystik; nurli pero; “sichqoncha” turidagi manipulyator; sharli manipulyator (shar tipidagi manipulyator). Joystik – kursorni ekranda tо‘rt yо‘nalishdan biriga kо‘chishini ta’minlaydi. U maxsus kо‘rpusga о‘rnatilgan dastakdan iborat. Nurli pero (Liqht pen) – displey ekranidagi nuqtani kо‘rsatish uchun yoki tasvirni yuzaga keltirish uchun qо‘llanilishi mumkin. U loyihaviy tuzilishiga kо‘ra ichida fotoelement bо‘lgan ruchkani eslatadi. S ichqoncha – bumanipulyatorqurilmabо‘lib, kursornivagrafikinterfeyslarniboshqarishvazifasinibajaradi. Sichqonchalarning joylashuv koordinatalari kompyuterga uzatiladi va displey ekrani bо‘ylab nuqta yoki strelka kо‘rinishida (odatda–“sichqoncha” kо‘rsatkichi deyiladi) kursorning tegishli kо‘chishini yuzaga keltiradi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bо‘yicha farqlanadi. Ular standart, trekbol, sensor panel kо‘rinishlarda bо‘ladi. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatiladi, sensor panel bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan bо‘lib, ular noutbuklarning klaviatura qismining ostki paneli ichiga о‘rnatilgan bо‘ladi. Shaxsiy kompyuterlarning qо‘shimcha qurilmalari Komp’yuterning imkoniyatlari — nafaqat ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va ekranda chop qilishdan iborat emas. Ularga turli xil qо‘shimcha qurilmalar ulash orqali ularni imkoniyatlarini yanada kengaytirish mumkin.Hozirgi zamonaviy kompyuterlarning barchasi ochiq arxitektura prinsipi asosida tashkil etilganllgi uchun ularga juda kо‘plab qо‘shimcha qurilmalar ulash imkoniyati mavjud.Shaxsiy komputerlarga ulash mumkin bо‘lgan qurilmalar kompyuterlarning qо‘shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuterlarning qо‘shimcha qurilmalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Printerlar - bu ma’lumotlarni qog‘ozga chop etish uchun xizmat qiladigan qurilma. Printerlar matritsali (ignali), purkagichli va lazerli turlarga bо‘linadi. Ularning har biri bir biridan ozining xarakteristikalari bilan, yani ishlash holati, chop etish tezligi va sifati, rangli va rangsizligi kabilar bilan ajralib turadi. M atrisali printerlar pechatlash mashinaga о‘xshagan holda ishlaydi.Qog‘oz va ignali qurilma о‘rtasida qora rangli lenta joylashadi va ignalar lentaga urilganda qog‘ozda nuqtalar paydo bо‘ladi. Bu printerlar narxi о‘rtacha, ular juda sekin va shovqinli ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, lekin bosmani narxi juda arzon. Ishlash vaqtida kraskalangan lenta kerak bо‘ladi. Purkagichli printerlarda qog‘oz ustidan kraska joylashgan qurilmalar harakatlanadi va kerakli joyda kraska bilan nuqta qoldiriladi. Purkagishli printerlar narxi past, ular о‘rtacha tezlikda va о‘rtacha shovqin bilan ishlaydi, bosmaning sifati о‘rtacha, rangli bо‘lishi mumkin, bosmani narxi qimmat.Ishlash vaqtida kraskalar kerak bо‘ladi. Lazer printerlarning ishlash prinsipi nusxa kо‘chirish apparatlarining ishlash prinsipiga о‘xshash bо‘ladi. Qog‘oz magnitlangan qurilma ustidan о‘tib kerakli joylar magnitlanadi, keyin maxsus rangli parashok joylashgan qurilma tagidan о‘tib magnitlangan joylarga paroshok yopishadi.Sо‘ng issiq qurilma ustidan qog‘oz о‘tib shu paroshok quriydi. Lazer printerlar yuqori tezlikda va shovqinsiz ishlashi bilan birga sifati yuqori darajada rangli va rangsiz holda ma’lumotlarni bosmaga chiqaradi. Printerlarning bir qancha xarakteristikalari mavjud bо‘lib, ulardan bosmaga chiqarish tezligi va sifati asosiy hisoblanadi. Bosmaga chiqarish tezligi bir minutda nechta qog‘oz beti pechat qilishi bilan о‘lchanadi.Bosmaga chiqarish sifati esa mumkin bо‘lgan nuqtalar soni (1dyumda nechta nuqta) bilan aniqlanadi.Mumkin bо‘lgan nuqtalar soni qancha kо‘p bо‘lsa shuncha sifatli chop etadi. Lekin chop etish tezligi pasayadi. Bu ikki xarakteristika bir biriga teskari proporsionaldir [1, 70-75 p]. Modem yoki faks-modemlar.Telefon tarmog‘i orqali boshqa komp’yuterlar bilan ma’lumot almashinish uchun maxsus qurilma— modemdan foydalaniladi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush signallari holatida, kompyuterda esa raqamli signallar holatida bо‘ladi. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga о‘tkazsa, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga о‘tkazadi. Bu holat modulyator va demodulyator deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan. Modemlar kompyuterga ulanishiga kо‘ra ichki va tashqi modemlarga bо‘linadi. Modemlar bir-biridan ma’lumot uzatish tezligi (Mb/s) bilan farq qiladi. Hozirgi kunda ADSL modemlar, faks-modemlar, simsiz ishlovchi flesh modemlar va kabelli modemlar keng tarqalgan Faks-modem-shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bо‘lib, qо‘shimcha ravishda rasmli ma’lumotlar, telefaks ma’lumotlarni komp’yuterlararo almashish imkoniyatiga ega bо‘ladi.Ayni vaqtda ishlatilayotgan kо‘pchilik modemlar faks-modemlar bо‘lib, ularning ayrimlari ovoz almashish imkoniyatlariga ham egadir. S kaner – bu ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga optik kiritish qurilmasidir. Skaner orqali kiritilgan barcha ma’lumotlar (sonli, matnli, grafikli) kompyuter xotirasida grafik kо‘rinishda bо‘ladi. Skanerlarning bir qancha turlari mavjud. Ular skaner qilish tezligi va sifati bilan farqlanadi. Skanerning tasvirni qabul qilish nuqtalari soni qancha kо‘p bо‘lsa sifat shuncha yahshi bо‘ladi. Grafik akselatorlar (tezlatgichlar) –zamonaviy video kartalarning barchasi grafik akselator hisoblanadi .Ularning asosiy vazifasi video xotirani tashkil etish bо‘lib, о‘zida video kо‘rinishidagi ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turadi.Ularning asosiy xarakteristikasi xotira hajmining kattaligi hisoblanadi. CD-ROM/RW, DVD-ROM/RW – optik disk yurituvchilar. Optik disklardagi ma’lumotlarni о‘qish va ma’lumotlarni optik disklarga yozish uchun xizmat qiladi. Asosiy xarakteristikasi o‘qish va yozish tezligi hisoblanadi. Ovoz kartalari (sound card ) – bu kompyuterning qо‘shimcha qurilmalaridan biri bо‘lib, audio ma’lumotlarni qayta ishlashga – ovozlarni yozish yoki akustik qurilmalarga chiqarish kabi ishlarni bajaradi. Hozirgi zamonaviy kompyuterlarning juda kо‘pchligida bosh plataga о‘rnatilgan ichki ovoz kartalari mavjud. Tyunerlar– bu televizion va video magnitafon signallarini qabul qilish va kо‘rsatish imkoniga ega bо‘lgan TV-tyunerlar va radio signallarni qabul qiluvchi FM-tyunerlardir. Tovush tizimlari va kolonkalar. Tovush tizimlari - bu sabbuferlar (kuchaytirgichlar) bо‘lib, ular о‘zlariga bir necha tovush kalonkalarini birlashtirgan holda tovush eshitishlarni boshqaradi.Kolonkalar esa tovush eshitish qurilmalari hisoblanadi. Ular passivvaaktiv turlarga bо‘linadi. Passiv kalonkalar tovush kartalarining ichki ovoz kuchaytirgichlari hisobiga ishlaydi.Aktiv kalonkalar о‘zlarining tovush kuchaytirgichlariga ega bо‘ladi, shuning uchun ularda tovush eshitilishi kuchliroq va sifatliroq bо‘ladi. Mikrоfon – bu qurilma ovozli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish qurilmasi bо‘lib, u ovoz kartasi qurilmasiga ulanadi. MIDI-klaviatura – bu MIDI standarti asosida musiqa hosil qilishga mо‘ljallangan qurilma bо‘lib, tovush kartaning MIDI razyо‘miga ulanadi. Bu sintezator klaviaturasiga о‘xshagan klaviatura bо‘lib unda musiqali signallar kompyuter signallariga о‘tkazib beriladi. Plotter – bu murakkab kо‘rinishdagi grafik ma’lumotlarni –konstruktorli chizmalar, arxitektura loyihalari chizmalar, geografik kartalar va plakatlar kabilarni qog‘ozga chiqarib beruvchi qurilmadir. Web kamera – bu real vaqt rejimida video ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi. Bu qurilmadan video konferensiyalar о‘tkazishda foydalaniladi. Nazorat savollari: Kompyuter nima? Dastur nima? Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar arxitekturasining asosini qanday prinsip tashkil etadi? Kompyuterlarning ishlash prinsipini aytib bering. Fon Neyman arxitekturasi qanday arxitektura? Kompyuterlar har bir mashina buyrug‘ini bajarishda qanday ishlarni amalga oshiradi? Download 263.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling