Kompyuterlarni ko’p satxli tashkil etilishi


Download 328.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi328.42 Kb.
#1121877
1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish(1)

Interpretatsiyasiz amalga oshirish mumkin. T1, T2, ..., Tn -da yozilgan
dasturlar quyi sathdagi interpretatordan o’tishi yoki quyi sathga mos
keladigan tilga translyatsiya qilinishi kerak.
n sathli virtual mashina uchun dasturlar yozadigan odam, quyi
sathdagi interpretatorlar va interpretatorlar haqida bilishi shart emas.
Mashina ushbu dasturlarni bajaradi va ular interpretator tomonidan
bosqichma-bosqich bajariladimi yoki ularni o’zi qayta ishlaydimi,
muhim emas. Ikkala holatda ham natija bir xil - dasturning bajarilishi.
n sathli
mashinadan foydalanadigan aksariyat dasturchilar faqat
mashina tiliga o’xshash eng yuqori sathga qiziqishadi. Biroq, kompyuter
aslida qanday ishlashini tushunishni istaganlar barcha sathlarni
o’rganishlari kerak. Yangi kompyuterlar yoki yangi sathlarni ishlab
chiquvchilar (ya’ni yangi virtual mashinalar) barcha sathlar bilan tanish
bo’lishi kerak.



Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi. Raqamli
mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, ya’ni uzgichulagichlar deb 
ataladi. Ular yordamida - I, ILI, NE (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar
bajariladi (1.3-rasm). Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay
oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T 
va D kabi triggerlar (1.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil
topgandir


Birinchi sath 
mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli
bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni
kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan
Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi
sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy
qurilma (Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud
Ikkinchi sath
– buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. Kompyuter
ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos
mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi keltirilgan buyruqlar
to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi
va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.


Uchinchi sath
– operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. Operatsion
tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan
pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir
sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin. 
Operatsion tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga 29 ega. Bu – unda xotiraning
boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan ortiq dasturlarni bajara olish
imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega
ekanligi xususiyatlaridir.



Download 328.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling