Kompyuterlarni ko’p satxli tashkil etilishi
Download 328.42 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ish(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nolinchi sath
- Birinchi sath
- Ikkinchi sath
- Uchinchi sath
Interpretatsiyasiz amalga oshirish mumkin. T1, T2, ..., Tn -da yozilgan
dasturlar quyi sathdagi interpretatordan o’tishi yoki quyi sathga mos keladigan tilga translyatsiya qilinishi kerak. n sathli virtual mashina uchun dasturlar yozadigan odam, quyi sathdagi interpretatorlar va interpretatorlar haqida bilishi shart emas. Mashina ushbu dasturlarni bajaradi va ular interpretator tomonidan bosqichma-bosqich bajariladimi yoki ularni o’zi qayta ishlaydimi, muhim emas. Ikkala holatda ham natija bir xil - dasturning bajarilishi. n sathli mashinadan foydalanadigan aksariyat dasturchilar faqat mashina tiliga o’xshash eng yuqori sathga qiziqishadi. Biroq, kompyuter aslida qanday ishlashini tushunishni istaganlar barcha sathlarni o’rganishlari kerak. Yangi kompyuterlar yoki yangi sathlarni ishlab chiquvchilar (ya’ni yangi virtual mashinalar) barcha sathlar bilan tanish bo’lishi kerak. Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, ya’ni uzgichulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - I, ILI, NE (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi (1.3-rasm). Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar (1.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud Ikkinchi sath – buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin. Operatsion tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga 29 ega. Bu – unda xotiraning boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan ortiq dasturlarni bajara olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling