Kompyuterli boshqarish tizimlari
Download 56 Kb.
|
Kompyuterli boshqarish tizimlari
Kompyuterli boshqarish tizimlari Reja: Kirish. Texnologik mashinalarni kompyuterli boshqarish haqida asosiy tushunchalar, iboralar va qoidalar. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi Avtomatika — avtomatik boshqarishning umumiy qonuniyatlari Avtomatika — avtomatik boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‗rganadigan kibernetika fanining texnikaga oid tarmog‗i bo‗lib, avtomatik tizimlar nazariyasini, ularni hisoblash va kurish asoslarini hamda sanoatda qo‗llash masalalarini o‗rganadigan va texnologik jarayonlardagi mavjud ish turlarini bajarish uchun qo‗llanadigan avtomatika elementlarini va avtomatika tizimlarining tuzilishini, ishlash asoslarini, avtomatlashtirish esa ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qo‗llash asoslarini o‗rganadigan fandir. Fanni o‗rganishdan asosiy maqsad — ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida texnologik mashinalarning eng qulay sharoitlarda ishonchli ishlashini, mahsuldorlik va mahsulot sifatiiing yuqori ko‗rsatkichlarga ega bo‗lishini va shu bilan birga mehnat madaniyatining yuqori bo‗lishini ta‘minlashdan iborat. Buning uchun texnologik jarayonlarni tayyorlovchi muhandis texnologlar, mexanik va konstruktorlar avtomatlashtirish asoslarini va uning texnik vositalarining tuzilish hamda ishlash asoslarini mukammal bilishlari, avtomatlashtirish bo‗yicha davlat standarti talablariga amal qilishlari va bu soha bo‗yicha tuzilgan ma‘lumotnomalardan yaxshi foydalana bilishlari lozim. Ushbu fan sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, ularning tasnifi, hisoblash usullari, fanning tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar parametrlarini texnologik mashinalarni kompyuterli boshqaruvi istiqboliga ta‘siri masalalarini qamraydi. *Avto—yunoncha autos — o‗zim; avtomatika — ma‘lum vazifani o‗z-o‗zi bajaradigan texnik qurilmalar haqidagi fan. Asosiy tushunchalar, iboralar va qoidalar. Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling