Kompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi tdiu kb-81 Sotiboldiyev Bunyod kompaniyani tashkil etish va tadbirkorlik


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.11.2023
Hajmi1 Mb.
#1740840
Bog'liq
kb 81



Kompyuterli naqshli ko’rpa 
qavish uskunasi 
TDIU KB-81 Sotiboldiyev Bunyod kompaniyani tashkil etish va 
tadbirkorlik 


Vaqt o’tishi bilan qo’l mehnatini o’rnini robotlar va aqlli 
uskunalar egallamoqda. Hozirgi kunda hayotimizga 
shiddat bilan kirib kelgan yangiliklardan yana biri 
avtomatik qavish uskunasidir. Uskuna keng turdagi 
dizaynlardan foydalana oladi. Uskuna xotirasida 250 dan 
ortiq dizaynlar joylangan bo’lib, tayyor dizaynlardan ham 
bemalol foydalanishingiz mumkin. Uskunaga kompyuter 
orqali o’zingiz xoxlagan boshqa turdagi dizaynlarni ham 
flesh xotira yordamida kiritish ham mumkin. Uskuna 
yordamida yozgi va qishki ko’rpalar qavishingiz mumkin. 
Siz ushbu biznesni boshlashingiz uchun qo’shimcha 2 xil 
uskuna lozim bo’ladi. Eng qizig’i uskuna ishlab chiqargan 
ko’rpalar mavsum tanlamaydigan bizneslar sirasiga 
kiradi. Sababi qishda sovuq ob havo sababli talab yuqori 
bo’ladi, yoz mavsumi hammamizga ma’lum yurtimizda 
to’ylar mavsumi hamdir. Shu sababli to’y uchun sarpoga 
eng yaxshi sovg’alardan biri hisoblanadi. Shunday ekan 
ushbu biznes sizning daromadlaringiz uchun yaxshi 
xizmat qilishiga ishonamiz.








KOMPYUTERLI NAQSHLI QAVISH USKUNASI 
Naqshli qavishni qo’lda bajarish imkonsiz bo’lganligi uchun biz sizlarga 
yuqori samaradorlikka ega qavish uskunasini tavsiya qilmoqdamiz. 
Kompyuter yordamida o’zingiz individual dizaynlar ham yaratib uskuna 
PLC boshqaruv tizimiga kiritsh mumkin. Buning uchun sizdan kerakli 
dasturiy ta’minot va Corel Draw bo’yicha yetarlicha ko’nikma zarur 
bo’ladi. 
Uskunaning quyidagi jihatlari qolgan uskunalardan farqlanadi 
• 
Uskuna keng formatda ishlay olish xususiyatiga ega; 
• 
Qavish stolini kichraytirish va istalgan o’lchamga qo’yish imkoni bor; 
• 
LCD monitorga ega PLC bosharuv tizimli boshqaruv paneli 
• 
Qulay bo’lishi uchun 220v lik kuchlanishda ishlaydi; 
• 
Sinxron remenli uzatma bilan boyitilgan texnologiya; 
• 
Ip uzilganda avtomatik to’xtash funksiyasi 
• 
Elektr tokidan uzilganda oxirgi ishni davom ettirish funksiyasi ya’ni 
xotirada saqlab qolish; 
• 
Xatolik yuz berganda ogohlantirish chiroqlarining yonishi; 
• 
Ko’rpa ichini sintepon, paxta, qo’y juni, tuya juni va boshqa yumshoq 
mahsulotlar bilan to’ldirilganda ham ishlay olish qobiliyati; 
• 
Yuqori tezlikda tikish 2200rpm (standart naqsh bilan qavilganda 3-4 
daqiqada bir dona ko’rpa qavish imkoniyatiga ega) 






KO’RPA CHETINI TIKIB BERISH USKUNASI 
Qavilgan ko’rpalarni chet qismini qavish uskunasi tikib berolmaganligi 
uchun, sizga maxsus tikuv uskunasi kerak bo’ladi. Tikuv uskunasi oddiy ip 
yordamida yoki chet qismiga maxsus manjet qo’ygan holda tikib berish 
xususiyatiga ega. Bozorda o’z mahsulotingiz ajralib turishi va yuqori sifatga 
intiluvchi xaridorlar uchun ushbu tikuv uskunasi juda muhim sanaladi 
, 





Document Outline

  • Kompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling