Kompyuterli naqshli ko’rpa
qavish uskunasi
TDIU KB-81 Sotiboldiyev Bunyod kompaniyani tashkil etish va
tadbirkorlik
Vaqt o’tishi bilan qo’l mehnatini o’rnini robotlar va aqlli
uskunalar egallamoqda. Hozirgi kunda hayotimizga
shiddat bilan kirib kelgan yangiliklardan yana biri
avtomatik qavish uskunasidir. Uskuna keng turdagi
dizaynlardan foydalana oladi. Uskuna xotirasida 250 dan
ortiq dizaynlar joylangan bo’lib, tayyor dizaynlardan ham
bemalol foydalanishingiz mumkin. Uskunaga kompyuter
orqali o’zingiz xoxlagan boshqa turdagi dizaynlarni ham
flesh xotira yordamida kiritish ham mumkin. Uskuna
yordamida yozgi va qishki ko’rpalar qavishingiz mumkin.
Siz ushbu biznesni boshlashingiz uchun qo’shimcha 2 xil
uskuna lozim bo’ladi. Eng qizig’i uskuna ishlab chiqargan
ko’rpalar mavsum tanlamaydigan bizneslar sirasiga
kiradi. Sababi qishda sovuq ob havo sababli talab yuqori
bo’ladi, yoz mavsumi hammamizga ma’lum yurtimizda
to’ylar mavsumi hamdir. Shu sababli to’y uchun sarpoga
eng yaxshi sovg’alardan biri hisoblanadi. Shunday ekan
ushbu biznes sizning daromadlaringiz uchun yaxshi
xizmat qilishiga ishonamiz.
KOMPYUTERLI NAQSHLI QAVISH USKUNASI
Naqshli qavishni qo’lda bajarish imkonsiz bo’lganligi uchun biz sizlarga
yuqori samaradorlikka ega qavish uskunasini tavsiya qilmoqdamiz.
Kompyuter yordamida o’zingiz individual dizaynlar ham yaratib uskuna
PLC boshqaruv tizimiga kiritsh mumkin. Buning uchun sizdan kerakli
dasturiy ta’minot va Corel Draw bo’yicha yetarlicha ko’nikma zarur
bo’ladi.
Uskunaning quyidagi jihatlari qolgan uskunalardan farqlanadi
•
Uskuna keng formatda ishlay olish xususiyatiga ega;
•
Qavish stolini kichraytirish va istalgan o’lchamga qo’yish imkoni bor;
•
LCD monitorga ega PLC bosharuv tizimli boshqaruv paneli
•
Qulay bo’lishi uchun 220v lik kuchlanishda ishlaydi;
•
Sinxron remenli uzatma bilan boyitilgan texnologiya;
•
Ip uzilganda avtomatik to’xtash funksiyasi
•
Elektr tokidan uzilganda oxirgi ishni davom ettirish funksiyasi ya’ni
xotirada saqlab qolish;
•
Xatolik yuz berganda ogohlantirish chiroqlarining yonishi;
•
Ko’rpa ichini sintepon, paxta, qo’y juni, tuya juni va boshqa yumshoq
mahsulotlar bilan to’ldirilganda ham ishlay olish qobiliyati;
•
Yuqori tezlikda tikish 2200rpm (standart naqsh bilan qavilganda 3-4
daqiqada bir dona ko’rpa qavish imkoniyatiga ega)
KO’RPA CHETINI TIKIB BERISH USKUNASI
Qavilgan ko’rpalarni chet qismini qavish uskunasi tikib berolmaganligi
uchun, sizga maxsus tikuv uskunasi kerak bo’ladi. Tikuv uskunasi oddiy ip
yordamida yoki chet qismiga maxsus manjet qo’ygan holda tikib berish
xususiyatiga ega. Bozorda o’z mahsulotingiz ajralib turishi va yuqori sifatga
intiluvchi xaridorlar uchun ushbu tikuv uskunasi juda muhim sanaladi
,
Document Outline - Kompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi
Do'stlaringiz bilan baham: |