Kompyuterni tashkil etilishi kursining dasturi


Download 147.5 Kb.
Sana02.12.2020
Hajmi147.5 Kb.
#157027
Bog'liq
Силабус КТЭ 22.02.2020 lotin


Kompyuterni tashkil etilishi kursining dasturi (Course Syllabus)


Kodi

CAO1316

Nomi

Kompyuterni tashkil etilishi

Kreditlar

6

O‘quv yili

2019 – 2020

Semestr

4


Professor – o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot


O‘qituvchilar

Mirzaxalilov S.S.

Amaliyot

Ochilov M.

Kafedra

Kompyuter tizimlari

Tel:

+99899 869-66-17, 71-2386458

Manzil

D-bino, 3-etaj, 312-xona

e-mail

mirzahalilov86@gmail.com


Kurs haqida qisqacha ma’lumotlar
“Kompyuterni tashkil etilishi” fani talabalarga zamonaviy kompyuterlarning funksional va tarkibiy tuzilishi, mashina kodlari, buyruq formatlari va adreslash usullaridan foydalanish, shuningdek xotirani ierarxik tashkil etilishi, protsessorlar hamda tashqi qurilmalar o‘rtasidagi ulanish va aloqalar to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
Kurs talablari
Yo’q.

O‘quv natijalari


Ushbu kurs oxirida Talaba:

Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari; кompyuterlarning turlari; kompyuter arxitekturasi va tashkil etilishining tamoyillari; kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

Kompyuter tizimining turlari va tuzilishi; хisoblash tizimlarining arxitekturasi; ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari; parallel, assotsiativ va oqimli xisoblash tizimlari; klasterli ishlov berish tizimlari va superkompyuterlar; massiv-parallel tizimlar; simmetrik multiprotsessorli tizimlar; Flinn klassifikatsiyasi; konveyerli va superskalyarli axborotlarga ishlov berish ish tartiblari; hyper-threading texnologiyasi va multitasking tizimlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

Kompyuterlarni tashkil qilishning mantiqiy asoslarini; Bul algebrasini; mantiqiy elementlarni; ikkilik kodlashtirishlarni biladi va ulardan foydalana oladi hamda ikkilik koddagi sonlar bilan arifmetik operatsiyalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Kompyuterni tashkil qilishda qo‘llaniladigan standartlar; ma’lumot formatining standartlari; tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashish standartlari; ichki va tashqi interfeyslarning tashkil qilinish standartlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

Buyruqlar tizimi arxitekturasi; operandlarning turlari va formatlari; buyruqlar tizimi; buyruqlarning turlari; buyruqlarning formati va manzillash turlari hamda buyruqlar oqimini boshqarish haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

Uzilishlar; uzilish turlari; uzilishga ishlov berish algoritmlarini biladi.

Xotira tizimlarini; xotiraga bir xil bo’lmagan ruxsatlilik tizimlarini; asosiy xotirani; statik va dinamik xotira tuzilishini; manzillanuvchi va manzillanmaydigan xotirani; doimiy xotirani; xotira turlarini joriy etish texnologiyalarini; flesh-xotirani; kesh xotirani; asosiy va kesh xotiralarga murojat qilish algoritmlarini; umumiy va taqsimlangan kesh xotirani; bir bosqichli va ko‘p bosqichli kesh xotirani; virtual xotirani; virtual xotiraning tashkil etilishini biladi.

Tizim interfeyslari; shina tushunchasi; shina ierarxiyasi; shina turlari; shina arbitri; shina protokollari; shinalar standarti haqida tasavvurga ega bo‘ladi va axborot uzatish samaradorligini oshirish usullarini biladi.

Kiritish-chiqarish tizimlarini qurilishini; kiritish-chiqarishni boshqarish usullarini; kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlarini; kiritish-chiqarish modullarini; portlarni biladi va ulardan foydalana oladi;

Protsessor registrlari; protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari; mashina takti va mashina sikllari; protsessor turlari; matritsali va vektorli protsessorlar; multiprotsessorlar; Pentium, Celeron, Intel, AMD, UltraSPARC III, Syrix firmasi protsesorlari; superkompyuterning protsessor turlari va imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

Tashqi qurilmalarning turlari va vazifalarini; printer, skaner, sichqoncha, klaviatura, modem, tarmoq adapteri, strimerlarni biladi va ulardan foydalana oladi;


Kursning tarkibi
Ma’ruza:




Mavzular

soat

1-ma’ruza

Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari. Kompyuterlarni turlari. Kompyuter arxitekturasi va tashkil etilishining tamoyillari. Kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari.

2

2-ma’ruza

Kompyuter tizimining turlari va tuzilishi. Kompyuter tizimining turlari. Kompyuter tizimining tuzilishi va tashkillashtirilishi.

2

3-ma’ruza

Hisoblash tizimlarining arxitekturasi. Ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari. Parallel, assotsiativ va oqimli xisoblash tizimlari. Klasterli ishlov berish tizimlari va superkompyuterlar.

2

4-ma’ruza

Parallel hisoblash tizimlari. Massiv-parallel tizimlar (MRR). Simmetrik multiprotsessorli tizimlar (SMP)

2

5-ma’ruza

Flinn klassifikatsiyasi. SISD, MISD, SIMD, MIMD.

2

6-ma’ruza

Konveyerli va superskalyarli axborotlarga ishlov berish ish tartiblari.

2

7-ma’ruza

Hyper-threading texnologiyasi.

2

8-ma’ruza

Multitasking va ko‘p oqimli tizimlar. Multitasking va ko‘p oqimli tizimlar. VLIW, SMT (simultaneous multithreading).

2

9-ma’ruza

Kompyuterlarni tashkil qilishning mantiqiy asoslari. Bul algebrasining asoslari. Mantiqiy elementlar. Ikkilik kodlashtirish. Ikkilik kodda sonlar bilan arifmetik operatsiyalarni bajarish.

2

10-ma’ruza

Kompyuterni tashkil qilishda qo‘llaniladigan standartlar. Ma’lumot formatining standartlari. Tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashish standartlari. Ichki va tashqi interfeyslarning tashkil qilinish standartlari.

2

11-ma’ruza

Buyruqlar tizimi arxitekturasi. Operandlarning turlari va formatlari.

2

12-ma’ruza

Buyruqlar tizimi. Buyruqlarning turlari. Buyruqlarning formati.

2

13-ma’ruza

Manzillash turlari. Manzillash turlari va buyruqlar oqimini boshqarish.

2

14-ma’ruza

Uzilishlar. Uzilish turlari. Uzilishga ishlov berish algoritmlari.

2

15-ma’ruza

Xotira tizimlari. Xotiraga bir xil bo’lmagan ruxsatlilik tizimlari (NUMA)

2

16-ma’ruza

Xotira ierarxiyasi. Asosiy xotira. Statik va dinamik xotira tuzilishi. Manzillanuvchi va manzillanmaydigan xotira.

2

17-ma’ruza

Doimiy xotira. Doimiy xotira tuzilishi. Xotira turlarini joriy etish texnologiyalari. Flesh-xotira.

2

18-ma’ruza

Kesh xotira. Kesh xotira xususiyatlari. Asosiy va kesh xotiralarga murojat qilish algoritmlari.

2

19-ma’ruza

Umumiy va taqsimlangan kesh xotira. Bir bosqichli va ko‘p bosqichli kesh xotira.

2

20-ma’ruza

Virtual xotira. Virtual xotira tushunchasi. Virtual xotiraning tashkil etilishi.

2

21-ma’ruza

Tizim interfeyslari. Shina tushunchasi, shina ierarxiyasi. Shina turlari.

2

22-ma’ruza

Ma’lumotlarning uzatilishi. Shina arbitri, shina protokollari. Axborot uzatish samaradorligini oshirish usullari. Shinalar standarti.

2

23-ma’ruza

Kiritish-chiqarish tizimlarini qurilishi. Kiritish-chiqarishni boshqarish usullari.

2

24-ma’ruza

Kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlari.

2

25-ma’ruza

Kiritish-chiqarish modullari. Portlar. Portlarning xususiyatlari.

2

26-ma’ruza

Protsessor registrlari. Protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari. Mashina takti va mashina sikllari.

2

27-ma’ruza

Protsessor turlari. Matritsali va vektorli protsessorlar. Multiprotsessorlar. Pentium protsessorlari.

2

28-ma’ruza

Protsessorlar. Celeron protsessorlari, Intel protsessorlari. AMD protsessorlari. UltraSPARC III. Syrix firmasi protsesorlari. Superkompyuterning protsessor turlari va imkoniyatlari.

2

29-ma’ruza

Tashqi qurilmalarning turlari va vazifalari. Printer, skaner.

2

30-ma’ruza

Tashqi qurilmalar. Sichqoncha, klaviatura, modem. Tashqi xotira qurilmalari, tarmoq adapteri, strimer.

2




Jami

60


Amaliy:




Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari

soat



Kompyuter tizimini tashkillashtirish.

2



Arifmetik amallar bilan ishlash.

2



Mantiqiy amallar bilan ishlash.

2



Arifmetik va mantiqiy operatsiyalar buyruqlarini bajarilishini o‘rganish.

2



Boshqarish operatsiyalarni bajaruvchi buyruqlarni o‘rganish.

2



Dasturlash tillaridan birida tuzilgan dasturni ishga tushirishgacha bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganish

2



Kutubxonalardan foydalanib parallellashtirishni tashkil etish.

2



Xotira bilan ma’lumot almashish jarayonlarini tashkil etish.

2



Buyruq darajasida parallel xisoblashlarni amalga oshirish.

2



Kesh darajasida parallel hisoblashlarni amalga oshirish.

2



Shinaga qurilmalarni ulashni tashkillashtirish.

2



Kiritish-chiqarish jarayonlarini amalga oshirish.

2



Asosiy dasturning uzilish ish tartibini joriy etish

2



Protsessor registrlarining vazifalarini o‘rganish.

2



Tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashishni tashkillashtirish.

2

Jami

30


Yuklama


Fa’oliyat

Soatlar

Ma’ruza

60

Amaliyot

30

Laboratoriya

-

Mustaqil ta’lim

90

Umumiy

180


Ta’lim strategiyasi
Kursning rivojlanishi quyidagicha: ma’ruza davomida talaba kursning zarur nazariy bilimlarini oladi. Semestr davomida bir marta oraliq nazorat o‘tkaziladi. Ma’ruza mavzularidan xar bir talabaga mustaqil ish (topshiriq, loyiha ishi) beriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda ma’ruzada o‘tilgan mavzularni mustahkamlash va amalda qo‘llash imkonini beruvchi vazifalar hamda amaliy mashg‘ulot yakunida uyda bajarish uchun topshiriq beriladi. Xar bir topshiriq talabada o‘tilgan mavzular bo‘yicha amaliy qo‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan.
Baholash
“Kompyuterni tashkil etilishi” fani bo‘yicha o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan kredit foizlarining bajariladigan ishlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha:


Bajariladigan ishlar

%

Talabaning semestr davomidagi ishlari

100%

Mustaqil ishlar (1 ta)

40%

Amaliy ishlar (10 ta)

50%

Oraliq nazorat (1 ta)

10%


Mustaqil ish uchun ajratilgan baholash miqdori 40% holatda olinib, u quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi:

1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi: 4%

2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi: 4%

3. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi: 10%.

4. Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi: 8%

5. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi: 4%

6. Mustaqil ishni himoya qilganligi va savollarga javob berganligi: 10%.
Amaliy ishlar uchun ajratilgan umumiy baholash miqdori 50% ni tashkil etadi.

Har bir amaliy ish uchun ajratilgan baholash miqdori 5% holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi:



  1. Uyga berilgan topshiriqni to‘liq va mustaqil bajarilganligi: 3%.

  2. Har bir amaliy ish bo‘yicha savollarga to‘liq javob berilganligi va ishni himoya qilganligi: 2%.


Oraliq nazorat o‘quv kursi davomida bir marta olinadi va ajratilgan baholash miqdori 10% tashkil etadi.
Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga ajratilgan baholash foizi nolga (0 %) teng va ishlar qayta qabul qilinmaydi.
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar
1. David Patterson John Hennessy. Computer Organization and Design. 5th Edition. 2013.

2. Шамаева О.Ю. Архитектура компьютера. Конспект лекции. МЭИ. Москва, 2015.

3. З.З.Мирюсупов, Ж.Х.Джуманов. «Компьютер архитектураси». /TATУ. 144 бет. Тошкент, 2017
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. С.А.Орлов, Б.Я.Цилькер. Организация ЭВМ и систем: Учебник для вузов. 2-е изд. — СПб.: Питер, 2011. — 688 с

2. Таненбаум Э., Остин Т. Архитектура компьютера // 6-е издание. СПб.: Питер, 2013. — 811 с



3. А.В.Павлов, Архитектура вычислительных систем - СПб: Университет ИТМО, 2016. – 86 с.

Internet saytlari


  1. www.intuit.ru

  2. http://tuitfiles

3. http://www.piter.com

4. http:// www.williamspublishing.com
Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling