6-Amaliy ish Kesh-xotirani tashkil etish
Download 30.3 Kb.
|
AMALIY (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotirani qurishning iyerarxik sxemasi
- Prorsessor yadrosi, kesh va TSQ o’rtasidagi o’zaro aloqlarni tashkil etish sxemasi
- Protsessorning kesh-xotira darajalari
- Kesh-xotirada to’ldirilgan ma’lumotlarni almashtirish algoritmlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Amaliy ish Fan: Kompyuter tashkillashtirish Bajardi:Muhammadjonova Mohinur
Toshkent – 2023 6-Amaliy ish Kesh-xotirani tashkil etish Kesh-xotira bu to’g’ridan-to’g’ri murojaatli uncha katta bo’lmagan hamjli yuqori tezlik bilan ishlaydigan xotiradir. U kod va ma’lumotlar bo’laklarini vaqtinchalik saqlash uchun mo’ljallangan. Kesh-xotira xotira sohasining barcha adreslashlarini qamrab oladi, lekin tezkor xotiradan farqli ravishda, u dasturchi uchun ko’rinmaydi va yo’naltirilmagan. Kesh-xotirani qurish sxemasi Kesh-xotira vaqt va makondagi havolalar lokalligi tamoili bo’yicha qurilgan. Kesh-kontroller (nazoratchi) TX dan ma’lumotlar va dasturiy kodlarning nusxalarini, o’lchami bitta o’qish sikliga teng bo’lgan blokni kesh-xotiraga yuklaydi. Protsessor kesh-xotiradan so’zlar bo’yicha o’qiydi. Kesh-controller protsessorning tezkor xotiraga so’rovlarini to’xtatadi va kesh-xotirada ma’lumotlarning haqiqiy nusxasi mavjudligini tekshiradi. Kesh-xotira tuzilishi Buyruqlar va ma’lumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh-xotiraning ikki xil turi mavjud. Buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira birlashtirilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - объединенная кэш-память). Buyruqlar alohida, ma’lumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa alohida ajratilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - разделенная кэш-память). Hozirgi kompyuterlarda ko‘proq alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda. Kesh-xotirani qo‘llashning – bir, ikki va uch sathli variantlari mavjud. 2-rasmda uch sathli kesh-xotiraga ega bo‘lgan tizim keltirilgan. Birinchi sath kesh-xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan bo‘lib, u buyruqlar uchun (L1-I) va ma’lumotlar uchun (L1-D) mo‘ljallangan odatda 16 dan 256 Kbayt gacha xajmga ega bo‘lgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor yonida u bilan bitta blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt gacha xajmga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat bo‘ladi. Uchinchi sath kesh-xotirasi protsessor joylashgan plataga o‘rnatilgan bo‘lib, u bir necha megabayt xajmga ega bo‘lgan statik tezkor xotira qurilmasidan (TXQ) iborat bo‘ladi (rus tilida – статическое оперативное запоминающее устройство - ОЗУ). Xotirani qurishning iyerarxik sxemasiTezkor xotira (RAM) 3-sath kesh (L3) 2-sath kesh (L2) 1-sath ko’rsatmalar keshi (L1I) 1-sath ma’lumotlar keshi (L1D) Registrlar Prorsessor yadrosi, kesh va TSQ o’rtasidagi o’zaro aloqlarni tashkil etish sxemasi:Prorsessor yadrosi, kesh va TSQ o’rtasidagi o’zaro aloqlarni tashkil etish sxemasi:Keshga yozish usullariMa’lumotlarni kesh-xotiraga yozishning ikkita asosiy usuli mavjud:write-back usuli (teskari yozish) – ma’lumotlar birinchi navbatda keshga, so’ngra ba’zi bir shartlar paydo bo’lganda TSQga yoziladi. write-through usuli (boshidan oxirigacha yozish сквозная запись) – ma’lumotlarni yozish bir vaqtning o’zida xam TSQ da va xam keshda amalga oshiriladi. Protsessorning kesh-xotira darajalariKesh-xotira assotsiativligi arxitekturasiKeshlash assotsiativligi arxitekturasi uchun quyidagi asosiy variantlar mavjud:To’g’rida-to’g’ri tasvirlangan kesh – TSQning ma’lum bir sohasi uchun keshning aniqlangan ma’lim bir sohasi javobgar To’liq assiotsiativ kesh – keshning ixtiyoriy sohasi TSQning ixtiyoriy sohasi bilan bog’lanishi mumkin Aralash kesh (assotsiativ-to’plami) Kesh-xotirada to’ldirilgan ma’lumotlarni almashtirish algoritmlari1. Eng oldin foydalanishga asoslangan almashtirish algoritmi (LRU – Least Recently Used) FIFO tamoili bo’yicha ishlaydigan algoritm (birinchi kelgan, birinchi ketadi – First In First Out) Eng kam ishlatiladigan satrlarni almashtirish algoritmi (LFU – Least Frequently Used) 4. Almashtirish uchun satrlarni ixtiyoriy tanlash. esh-xotirani tashkil etishning asosiy masalalariKesh-xotirasiga asosiy xotira adreslarini tasvirlash algoritmi. Kesh-xotiradan asosiy xotiraga ma’lumotlar va ko’rsatmalarni yozish algoritmi. Kesh-xotiradagi satrlarni almashtirish algoritmi. Kesh-xotira o’lchami. Kesh-xotiradagi satrlar uzunligi. Tasvirlash algoritmlariTo’g’ridan-to’g’ri (direct mapping). Assotsiativ (full associative mapping). Assotsiativ-to’plami (set-associative mapping). Download 30.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling