Kompyuterni tashkil etilishi kursining dasturi
Download 147.5 Kb.
|
Силабус КТЭ 22.02.2020 lotin
Kompyuterni tashkil etilishi kursining dasturi (Course Syllabus)
Professor – o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot
Kurs haqida qisqacha ma’lumotlar “Kompyuterni tashkil etilishi” fani talabalarga zamonaviy kompyuterlarning funksional va tarkibiy tuzilishi, mashina kodlari, buyruq formatlari va adreslash usullaridan foydalanish, shuningdek xotirani ierarxik tashkil etilishi, protsessorlar hamda tashqi qurilmalar o‘rtasidagi ulanish va aloqalar to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. Kurs talablari Yo’q. O‘quv natijalari Ushbu kurs oxirida Talaba: Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari; кompyuterlarning turlari; kompyuter arxitekturasi va tashkil etilishining tamoyillari; kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Kompyuter tizimining turlari va tuzilishi; хisoblash tizimlarining arxitekturasi; ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari; parallel, assotsiativ va oqimli xisoblash tizimlari; klasterli ishlov berish tizimlari va superkompyuterlar; massiv-parallel tizimlar; simmetrik multiprotsessorli tizimlar; Flinn klassifikatsiyasi; konveyerli va superskalyarli axborotlarga ishlov berish ish tartiblari; hyper-threading texnologiyasi va multitasking tizimlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Kompyuterlarni tashkil qilishning mantiqiy asoslarini; Bul algebrasini; mantiqiy elementlarni; ikkilik kodlashtirishlarni biladi va ulardan foydalana oladi hamda ikkilik koddagi sonlar bilan arifmetik operatsiyalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kompyuterni tashkil qilishda qo‘llaniladigan standartlar; ma’lumot formatining standartlari; tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashish standartlari; ichki va tashqi interfeyslarning tashkil qilinish standartlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Buyruqlar tizimi arxitekturasi; operandlarning turlari va formatlari; buyruqlar tizimi; buyruqlarning turlari; buyruqlarning formati va manzillash turlari hamda buyruqlar oqimini boshqarish haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Uzilishlar; uzilish turlari; uzilishga ishlov berish algoritmlarini biladi. Xotira tizimlarini; xotiraga bir xil bo’lmagan ruxsatlilik tizimlarini; asosiy xotirani; statik va dinamik xotira tuzilishini; manzillanuvchi va manzillanmaydigan xotirani; doimiy xotirani; xotira turlarini joriy etish texnologiyalarini; flesh-xotirani; kesh xotirani; asosiy va kesh xotiralarga murojat qilish algoritmlarini; umumiy va taqsimlangan kesh xotirani; bir bosqichli va ko‘p bosqichli kesh xotirani; virtual xotirani; virtual xotiraning tashkil etilishini biladi. Tizim interfeyslari; shina tushunchasi; shina ierarxiyasi; shina turlari; shina arbitri; shina protokollari; shinalar standarti haqida tasavvurga ega bo‘ladi va axborot uzatish samaradorligini oshirish usullarini biladi. Kiritish-chiqarish tizimlarini qurilishini; kiritish-chiqarishni boshqarish usullarini; kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlarini; kiritish-chiqarish modullarini; portlarni biladi va ulardan foydalana oladi; Protsessor registrlari; protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari; mashina takti va mashina sikllari; protsessor turlari; matritsali va vektorli protsessorlar; multiprotsessorlar; Pentium, Celeron, Intel, AMD, UltraSPARC III, Syrix firmasi protsesorlari; superkompyuterning protsessor turlari va imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Tashqi qurilmalarning turlari va vazifalarini; printer, skaner, sichqoncha, klaviatura, modem, tarmoq adapteri, strimerlarni biladi va ulardan foydalana oladi; Kursning tarkibi Ma’ruza:
Amaliy:
Yuklama
Ta’lim strategiyasi Kursning rivojlanishi quyidagicha: ma’ruza davomida talaba kursning zarur nazariy bilimlarini oladi. Semestr davomida bir marta oraliq nazorat o‘tkaziladi. Ma’ruza mavzularidan xar bir talabaga mustaqil ish (topshiriq, loyiha ishi) beriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda ma’ruzada o‘tilgan mavzularni mustahkamlash va amalda qo‘llash imkonini beruvchi vazifalar hamda amaliy mashg‘ulot yakunida uyda bajarish uchun topshiriq beriladi. Xar bir topshiriq talabada o‘tilgan mavzular bo‘yicha amaliy qo‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan. Baholash “Kompyuterni tashkil etilishi” fani bo‘yicha o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan kredit foizlarining bajariladigan ishlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha:
Mustaqil ish uchun ajratilgan baholash miqdori 40% holatda olinib, u quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi: 1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi: 4% 2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi: 4% 3. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi: 10%. 4. Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi: 8% 5. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi: 4% 6. Mustaqil ishni himoya qilganligi va savollarga javob berganligi: 10%.
Har bir amaliy ish uchun ajratilgan baholash miqdori 5% holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi: Uyga berilgan topshiriqni to‘liq va mustaqil bajarilganligi: 3%. Har bir amaliy ish bo‘yicha savollarga to‘liq javob berilganligi va ishni himoya qilganligi: 2%. Oraliq nazorat o‘quv kursi davomida bir marta olinadi va ajratilgan baholash miqdori 10% tashkil etadi. Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga ajratilgan baholash foizi nolga (0 %) teng va ishlar qayta qabul qilinmaydi. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari Asosiy adabiyotlar 1. David Patterson John Hennessy. Computer Organization and Design. 5th Edition. 2013. 2. Шамаева О.Ю. Архитектура компьютера. Конспект лекции. МЭИ. Москва, 2015. 3. З.З.Мирюсупов, Ж.Х.Джуманов. «Компьютер архитектураси». /TATУ. 144 бет. Тошкент, 2017
2. Таненбаум Э., Остин Т. Архитектура компьютера // 6-е издание. СПб.: Питер, 2013. — 811 с 3. А.В.Павлов, Архитектура вычислительных систем - СПб: Университет ИТМО, 2016. – 86 с. Internet saytlari www.intuit.ru http://tuitfiles 3. http://www.piter.com 4. http:// www.williamspublishing.com Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling