Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari


Download 1.62 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1499671
Bog'liq
dars ishlanma 3

Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari


Tayyorladi: Arslonqulov Asadbek
DARS ISHLANMA

Mavzu: KOMPYUTERNING UMUMIY TUZILISHI, UNING QURILMALARI

Tayanch iboralar: dastlabki Elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari, shaxsiy kompyuterlar, kompyuter turlari, kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari: monitor, klaviatura, protsessor va uning ichki qurilmalari, sichqoncha; printer, skaner, modem, faks-modem, proyektor (doskasi), veb-kamera, UPS, XUB, kolonkolar (ovoz kuchaytirgich), mikrofon, naushnik, disk yurituvchi (CD va DVD ROM), CD va DVD disklar, flеsh disk.

Komputer va ularning turlari

Kompyuter (ingl. computer – hisoblagich) – elektron shaklga va turli ma’lumotlarni qabul qilish, yig‘ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblash kabi imkoniyatlarga ega bo‘lgan qurilma.

Kompyuterlarning turlari:

    • Mini kompyuterlar (MiniComputer)
    • Portativ kompyuterlar (Notebook)
    • Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer)
    • Server kompyuterlar (Servers)
    • Super kompyuterlar (Super Computer)

Mini kompyuterlar va Noutbuk

  • Mini kompyuterlar – o‘lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi. Bunday kompyuterlar cho‘ntak kompyuterlari deb ataladi.
  • Portativ kompyuterlar (noutbuk, netbuklar) – bunday turdagi kompyuter-larning ekrani va asosiy bloki birlashgan bo‘lib mobil foydalanishga juda qulay.

Shaxsiy va Server kompyuterlar

  • Shaxsiy kompyuterlar – uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda foydalaniladigan IBM rusumidagi kompyuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi.
  • Server kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga hamda tarmoqdagi kompyuterlarga o‘z resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan kompyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompyuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.

Super kompyuterlar

Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Bu kompyuter tizimlari 1 sekundda o‘n trillion amal bajaradi.

Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari va yordamchi qurilmasi

Kompyuterning asosiy qurilmalari:

    • Protsessor (tizimli blok – sistema bloki)
    • Monitor
    • Klaviatura

Мa’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari


Моnitor – kompyuter xotirasidagi axborotlarni insonga tushunarli ko‘rinishda tasvirlaydi. Ya’ni matnli va grafikli ko‘rinishda tasvirlaydi
Klaviatura – kompyuterga belgi (ma’lumotlarni) va buyruqlarni kiritish qurilmasi.

Мikroprotsessor -

Мikroprotsessor -

- Doimiy xotira (Qattiq disk – винчестер)

- Тezkor xotira (оперативка)

Kesh xotira -

- Kontroller va adapter (turli platalar)

- Аsosiy plata (Ona plata - Mother board)

Elektr toki ta’minlovchi blok -

(блокпитания)


Protsessor – tizimli blok (sistema bloki) ichki qurilmalari

Sichqoncha

Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotlarni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular foydalanuvchiga ma’lumotlar va buyruqlar bilan ishlashda yordam beradi, ya’ni yordamchi qurilma hisoblanadi.


Trekbol
Sichqoncha
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling