Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari
Download 306.61 Kb.
|
Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monitor
Katta EHM – bu kompyuterlar katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash uchun mo`ljallangan bo`lib, o`zining ishonchliligi, yuqori ishlash tezligiga ega ekanligi bilan boshqa kompyuterlardan ajralib turadi. Ular asosan yirik korxonalarda, xalqaro miqyosdagi banklarda, davlat tashkilotlarida va boshqa joylarda ishlatiladi. Ularga minglab displey va klaviaturalarni ham ulash mumkin.Super EHM – bu kompyuterlar katta hajmdagi hisoblashlarga ega bo`lgan masalalarni yechish uchun mo`ljallangan. Ular asosan mudofa ishlarida, meteorologiya sohasida, geologiyada, astrologiya sohasida va hakazolarda ishlatiladi.Mini EHM – bu kompyuterlar ham ma’lum bir sohaga tegishli masalalarni yechish uchun mo`ljallangan. Ular asosan davlat tashkilotlarida, oliy o`quv yurtlarida, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida qo`llaniladi. Ularga o`nlab, yuzlab displey va klaviaturalarni yoki shaxsiy kompyuterlarni qo`shish mumkin.Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko`rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko`rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya’ni apparatli ta’minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o`xshashlik borligini ko`ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta’minoti, asosiy va qo`shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo`shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi.Kompyuterning asosiy qurilmalari Monitor Klaviatura Sistema bloki
Download 306.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling