Kompyuterning rivojlanish tarixi, uning avlodlari va qurilmalari
Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurulmalari
Download 226.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1404128834 51081
2. Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurulmalari.
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyildagilar: Sistema bloki -bu qurilmada barcha boshqa qurilmalarni o'rnatish va qo’shish mumkin. Bu qurilma elektron sxemalar, elektron manba, tashqi xotira (disk yurituvchi va qattiq disk) va boshqa qismlardan iborat; Programmalar kundan kunga murakkablashishi va hajmining oshishi bilan ularni saqlash uchun maxsus disklar yaratilish zarurati tugildi. Shuning uchun CD, DVD va VCD disklari yaratildi. Ularning hajmi 650 Mbaytdan 7.4 Gb gacha. Hozirgi kunda ular katta hajmdagi programmalarni, video va entsiklopedik ma‘lumotlarni saqlashda keng qo’llanilmoqda. Qattiq disk (Vinchestr-HDD-Hard Disk Driver) Qattiq magnit disk komyuterda ishlanadigan programmalar va ma‘lumotlarni doimiy saqlash uchun qo’llaniladi. Ular operatsion sistema programmalari, taxrirlagichlar, programmalash cistemalari, amaliy programmalar, ma‘lumot va hokazolar. Qattiq disklarning hajmi turlicha bo’ladi; IBM PC XT da-20 Mbayt, IBM PC ATda-40 Mbayt, 80386SX, 80386DX, 80486SX mikroprotsessorli kompyuterlarda 110-120 Mbaytgacha, 80486DX da 120-540, 640, 850 Mbaytgacha. Murakkab ishlar uchun, katta hajmli ma‘lumotlar uchun 1-2 Gbaytli va bundan yo’qori hajmdagi qattiq disklar mavjud. Zarur holda qattiq diskni kattaroq hajmdagisiga almashtirish yoki bir necha disklardan foydalanish mumkin. Monitor (yoki displey) Monitor (yoki displey)-bu qurilma kompyuterdagi matnlar, belgilar va tasvirlarni ekranga chiqaradi. U 2 xil rejimda ishlashi mumkin: birinchisi matnli, ikkinchisi grafik. Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustun 25 ta satrga bulinadi. Shu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu belgilar katta va kichik lotin harflari va yordamchi belgilar- - = _ + ! " / $ : , . ; ? % { } [ ] ; ' > < bo’lishi mumkin. Grafik rejimda ekranga matnli ma‘lumotlardan tashqari rasm av grafik tasvirlar ham chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o’lchamga ega bo’ladi Bu rejimda ekran no’qtalar to’plamidan iborat. Masalan: 640x200 imkoniyatli monitor ekranida gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 no’qtani tasvirlaydi. Nuktalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi. Quyida monitorning ba‘zi turlarini keltiramiz: Adapter Rangi Matnli Grafikli MDA Oq- qora 80x20, 2 ta rang 640x200, 2 ta rang CGA Rangli 80x25,16 ta rang 320x200, 4 ta rang 640 x200, 2 ta rang HERCULES Oq- qora 80x25, 2 ta rang 720x348, 2 ta rang EGA Rangli 80x25,16 ta rang 80x43,16 ta rang 640x350, 16 ta rang VGA Rangli 80x25,16 ta rang 640x480,16 ta rang SVGA Rangli 80x25,16 ta rang 800 x600,16 ta rang 1280x1024, 32 ta rang Klaviatura Klaviatura-bu qurilma orqali kompyuterni boshqarish va unga ma‘lumotlar kiritish mumkin. Klaviatura tugmalardan iborat bo’lib unda tugmalar o’zlarining guruhlari bo’yicha guruhlangan; 1. Alfavit raqamli: bu guruhga harfli va raqamli tugmalar: bular A,B,...Z-A,B,...Ya 1,2,...0, ) ( - = _ + ! " / $ : , . ; ? % { } [ ] ; ' > < kiradi. 2. Funktsional tugmalar: bularga F bilan boshlanadigan tugmalar kiradi. Ularning soni 12 ta ma‘salan F1, F2, F3,..., F11, F12; 3. Qo’shimcha raqamli tugmalar: bular ung tomondagi [ Num Lock ] / * - + [ Enter ] 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0. 4. Kursorni yunaltirish: [Home] [End] [Page Up] [Page Down] -> <- v ^ 5. Boshqarish va maxsus tugmalar: [Esc] [Enter] [Ctrl] [Alt] [Shift] [Tab] [Insert] [Delete] [Backspace] [CapsLock] Asosiy tugmalar va ularning vazifalari F1-tugmasi ko’p dasturlarda bosilganda sizga yerdam buradi ya‘ni nima qilishni tushuntiradi. Enter-tugmasi tasdiklash tugmasi bu tugma orqali kirgizayotgan ma‘lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritiladi. Esc-Inkor tugmasi bajaraetgan vazifalarni inkor qilish mumkin, ba‘zi br dasturlarda chiqish vazifasini ham bajaradi. Shift-Tugmasi orqali tugmani tepa qismida ko’rsatgan belgilarni chikazish mumkin yoki harflarni registirini almashtirish mumkin. Misol: Agar Siz 1-tugmasini bossangiz, ekranda 1 raqami chikadi, agar Shift-ni bosib turib, 1-ni bossangiz, undov belgisi (!) chikadi. Agar Siz A-tugmasini bossangiz Sizga ekranga a-harfi chop etiladi. Agar Shift orqali bosilsa, katta A harfini chiqaradi. CapsLock-tugmasi orqali katta harfdan kichikga va kichikdan kattaga o’tish mumkin (CapsLock chirokchasi yonsa, katta harflar, uchirilsa kichik harflar). Tab-bu tugma orqali bir oynadan ikkinchi oynaga o’tish yoki 8-xonaga surish. Ctrl va Alt bu tugmalar o’zlari hech narsani bajarmaydi ammo bu tugmalarni bosib turib boshqa tugmani bosangiz bosilgan tugmalarni vazifasini baharadi. Ctrl–ung tomondagi bu tugma orqali bizning kompyuterda rus alifbosidan lotin arifbosiga o’tish va lotin alifbosidan rus alifbosiga o’tish mumkin. Agar bu tugma bosilganda ekranda qizil ramka chiksa, bu xolada rus harflari bilan yeziladi. Insert-bu tugma orqali quyilsh holatidan almashtirish va almashtirish holatidan quyilsh holatiga o’tish mumkin. Delete - tugmasi orqali ko'rsor tagidagi belgini uchirish mumkin Backspace - bu tugma orqali ko'rsor oldidagi belgini uchirish mumkin. Download 226.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling