Tashqi xotira
Qattiq disk Videoadapter
Monitorning ishini maxsus plata boshqarib, uni videoadapter yoki videokarta deb ataydilar. Birinchi kompyuterlarda videokarta bo`lmagan. Tezkor xotirada ekran uchun xotiradan joy ajratilib, unga protsessor tasvir haqida ma’lumot kiritgan. Monoxrom monitorlardan rangli monitorga o`tgandan va ekran imkoniyatlari ortgandan so`ng, grafik ma’lumotlarga videoxotiradan joy yetmay qoldi, protsessor esa tasvirlarni qayta ishlashga ulgirmadi. Ekranni boshqarishga taaluqli barcha operatsiyalar alohida bir blokka o`tkazildi – bu videoadapterdir.
Videoadapter alohida plat ko`rinishida bo`lib, sistema plataning ma’lum bir slotiga o`rnatiladi (hozirgi zamon ShK bu AGP slotidir). Videoadapter videokontrollyor, videoprotsessor va videoxotira funktsiyalarini bajaradi.
ShK lar paydo bo`lgandan boshlab videoadapterlar o`zgarib bordi:
MDA (Monochrom Display Adapter) – monoxrom,
CGA (Color Graphics Adapter) – 4 xil rangli,
EGA (Enchanced Graphics Adapter) – 16 xil rangli,
VGA (Video Graphics Array) – 256 xil rangli,
SVGA (Super VGA) – 16,7 mln. xil ranggacha.
Hozirgi kunda IBM PC kompyuterlari asosan SVGA monitorlari bilan, NOTEBOOK lar esa suyuqkristalli monitorlar bilan ta’minlangan.
Super kompyuterlar Katta kompyuterlar Mini kompyuterlar Shaxsiy kompyuterlar Noutbuk kompyuterlar Sistema bloki – Mikroprotsessor
Tezkor xotira Doimiy xotira Kesh xotira. Videoxotira. Shinalar
Tashqi xotira
Do'stlaringiz bilan baham: |