Qo’shimcha qurilmalar
Printer
Printer (ingl. Printer – chop qiluvchi) ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma, purkovchi va lazerli. Bosma printer ignalar yordamida, purkovchisi naycha yordamida, lazerli printer esa maxsus baraban yordamida chop qiladi. Purkovchi hamda lazerli printerlar yordamida rangli ma’lumotlarni chop etish mumkin. Birinchi uyali printerlar 1985-yilda ishlab chiqarilgan.
Qo’shimcha qurilmalar
Skaner (ingl. scanner - o’qib oluvchi) ma’lumotlarni nurli lampa yordamida rasmli ko’rinishda kompyuter xotirasiga o’qib oluvchi qurilma. Skanerlarning asosan ikki turi mavjud: stol usti skanerlari va qo’l skanerlari. Hewlard Packard, Epson, Canon firmalarining skanerlari dunyoga mashhur.
Skaner
Qo’shimcha qurilmalar
Modem
Modem (abbr. modulyator, demodulyator) Kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantiruvchi qurilma. Ya’ni modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o’zaro bog’lashni ta’minlovchi qurilmadir. Modemlar tashqi va ichki bo’ladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi modem 1979-yilda Hayes Microcomputer Products kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Qo’shimcha qurilmalar
DVD – CD
diskovodlar
Kompakt disklardan ma’lumot o’qish va ularga ma’lumot yozish qurilmasi. Ma’lumot o’qish va yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. Kompakt disk yuzasiga 1 li bitlarni yozishda diskning ma’lum yuzasiga lazer nuri ta’sir qildiriladi va shu yuzada iz qoldiriladi.
Qo’shimcha qurilmalar
Strimmer
Strimmer (ingl. Streamer – uzun hilpirovchi lenta) vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun uning nusxasini ko’chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma’lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko’chirishni tashkil etadi. Magnit tasmalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |