Komunikatsion tarmoqlar topologiyasi. Parallel dasturlashning qo’llanilish soxalari. Open mp dasturiy vositasida parallel dasturlash. Tarmoq topologiyasi


Download 47.87 Kb.
bet2/5
Sana28.02.2023
Hajmi47.87 Kb.
#1237244
1   2   3   4   5
Bog'liq
Parallel kompyuterlar arxitekturasi va dasturlash 2-labaratoriya

Toʻliq bogʻlanishli topologiya

Toʻliq bogʻlanishli topologiya
Bunda har bir kompyuter boshqa barcha kompyuterlarga bevosita ulangan taqmoqqa biriktiriladi. Biroq, bu variant noqulay va samarasizdir. Chunki tarmoqdagi har bir kompyuter boshqa barcha kompyuterlar bilan aloqa qilishi uchun yetarli boʻlgan koʻp sonli aloqa portlariga ega boʻlishi talab etiladi.
Toʻliq bogʻlanishsiz topologiyaTopologiyalarning bir nechta toʻliq bogʻlanmagan turlari mavjud. Ularda, toʻliq ulanishli turlaridan farqli oʻlaroq, ma’lumotlarni uzatish toʻgʻridan-toʻgʻri kompyuterlar oʻrtasida emas, balki qoʻshimcha tugunlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Shina (bus) topologiyasi
Shina topologiyasi
Ushbu turdagi topologiyada barcha ish stansiyalari(avtobus yoki magistral deb ataladi) umumiy bir kabelga parallel ulanadi. Signalning aks etishini oldini olish maqsadida kabelning uchlariga terminatorlar joylashtiriladi.
Shina topologiyasi tarmoqlarining afzalliklari:

  • Kabel iste’moli sezilarli darajada kamayadi;

  • Tugunlardan birining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir koʻrsatmaydi;

  • Tarmoqni sozlash oson;

  • Tarmoq alohida tugunlarning ishdan chiqishiga chidamli.

Shina topologiyasi tarmoqlarining kamchiliklari:

  • Kabelning uzilishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir koʻrsatishi mumkin;

  • Kabel uzunligi va ish stantsiyalari soni cheklangan;

  • Kabel ulagichlari bilan bogʻliq muammolar tufayli tarmoqning ishonchliligi yetarli darajada emas;

  • Barcha abonentlar oʻrtasida boʻlinishi tufayli kanal past tempda ishlashi mumkin.

Yulduz topologiyasithumb| Yulduz topologiyasi Yulduz topologiyasi asosida qurilgan tarmoqda har bir ish stansiyasi simi (burma juftlik) orqali markaziy konsentratorga yoki habga (inglizchahub) ulanadi. Hab shaxsiy kompyuterning parallel ulanishini ta’minlaydi va buning natijasida tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilishlari mumkin.
Uzatuvchi tarmoq stansiyasidan ma’lumotlar hab vositasida mavjud aloqa liniyalari orqali barcha shaxsiy kompyuterlarga uzatiladi. Ma’lumotlar barcha ish stansiyalariga tarqatiladi, biroq u faqat moʻljallangan stansiyalar tomonidangina qabul qilinadi. Fizik yulduz topologiyasida signalizatsiya uzatilinishi, ya’ni shaxsiy kompyuter signallari bir vaqtning oʻzida barcha yoʻnalishlarda tarqalgani bois, bu lokal tarmoqning mantiqiy topologiyasi mantiqiy shina hisoblanadi.
Ushbu topologiya 10Base-T Ethernet arxitekturasiga ega mahalliy tarmoqlarda qoʻllaniladi.

Download 47.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling