Kon korxonalari elektr tarmoqlari uchun qo’llaniladigan o’tkazgich va kabellar


Download 0.65 Mb.
Sana18.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1213809
Bog'liq
kon korxonalari elektr tarmoqlari uch



KON KORXONALARI ELEKTR TARMOQLARI UCHUN QO’LLANILADIGAN O’TKAZGICH VA KABELLAR
Hozirgi vaqtda birgacha va undan yuqori havo liniyasidagi kuchlanishlar uchun alyumin, po’lat va po’latalyuminli simlar qo’llaniladi. Izolyatsiya qilinmagan simlarning asosiy konstruktsiyasi quyidagilar hisoblanadi:
1) bir xil metalldan bir simli va ko’p simli (5 rasm, a, b);
2) qo’psimli po’latalyuminli simlar (5 rasm, v).
T uzli ko’l va daryolar yaqinida joylashgan havo tarmoqlari va karьer va konlarda elektr uzatish liniyalarini yuqori zanglashga uchraganligini kuzatish mumkin, bunda alyumin va po’lat ayulmin zanglashga qarshi simlar qo’llaniladi. Po’latalyumin simini katta ustunlar orasi uchun nuqtalar orasini qotirish uchun qo’llaniladi.

Alyuminpo’lat simli o’zak bir yoki bir nechta svitali po’lat ruxli simdan tayyorlanadi. Ikki yoki uch povivlarni qoplovchi alyumin simlar simning tok uzatuvchi qismi hisoblanadi. Po’lat o’zakli elektr o’tkazuvchi kam bo’ladi va shuning uchun hisoblashda e’tiborga olinmaydi


Po’lat alyuminli simlar alyumin simlarga ko’ra o’ta yuqori mexanik pishiqlikka ega bo’ladi. Qo’zg’almas qistirmada (bino ichida, ekskavatorda, draga(kon), turg’ilash stanoklari va boshq) kuch va yorituvchi qurilmalarda elektr energiyani taqsimlash uchun muayyan shnurlar va izolyatsiyalangan simlar xizmat qiladi.
Kon va karьerlarda eng ko’p PR.APR,PRGYu,PRD,PRTO markadagi simlar eng ko’p tarqalishga muvofiq bo’lishgan. Tok eltuvchi yertomirlar simini aylana mis va alyumin simdan tayyorlanadi, simlarni va shnurlarni izolyatsiyalash – ploxlovinil plaksikat yoki rezinadan tayyorlanadi. Izolyatsiyalangan rezinali sim va shnurlar to’qima tolasimon, shimdirilgan va shimdirilmagan chirishga qarshi tarkibdagi materialdan iborat. Izolyatsiyalangan simlar 220,380,500,2000 va 3000 V o’zgaruvchan tok kuchlanishida ishlab chiqariladi. Karьer va konlarda elektr portlatuvchi tarmoqlar qurilmasi uchun bizning sanoatimizda VMV,ER.EV va saper simlar deb aytiluvchi SP-1 va SP-2 markasidagi izolyatsiyalangan simlar ishlab chiqarilmoqda. 500 V kuchlanishga mo’ljallangan VMV, ER va EV markasidagi simlar bir simli izolyatsiyalangan mis yertomirlarga ega. SHu bilan VMV va EV markadagi simlar polixlovinilli izolyatsiya bilan qoplangan, simlar markasi esa ER-rezinalikdir. SP-1 markasidagi saper simlar bir ko’psimli rezinali izolyatsiyalangan mis yertomir va paxtaipli to’qima shimdirilgan chirishga qarshi tarkibdan iborat bo’ladi.

SP-2 markasidagi simlar mustaqil izolyatsiyalangan rezinali ikki ko’p simli mis yertomirdan iborat. Portlatiladigan tarmoqlar qurilmasi uchun PR,PV,APR, APV va boshqa markadagi izolyatsiyalangan muayyan simlar qo’llanilishi mumkin.


Kuch kabellar o’sha turli-cha sharoitlardagi qistirma elektr eenrgiyani o’zatish va taqsimlash uchun mo’ljal-langan. Tok o’tkazuvchi tomirlar alyumin yoki elektrlitli misdan tayyorla-nadi. O’zgaruvchan tok kabellar shimdirilgan va rezina izolyatsiyali qog’ozdan tayyorlanadi.
Kuch kabellari atrof muhitni yumshatish va kimyoviy ta’sirlardan izolyatsiyani himoyalash uchun alyumin, qo’rg’oshin, polixlorvinil yoki yonmaydigan rezinali qobiqqa ega bo’ladi. Mexanik shikastlanishlardan himoya qilish uchun po’lat tasmali yoki aylana simli po’latdan bo’lgan zirx xizmat qiladi. Standart bo’yicha quyidagi qirqimdagi kuch kabellari tok o’tkazuvchi tomirlari ko’rib chiqiladi, mm2: 2,5; 4; 6; 10; 16; 25; 35; 50; 70; 95; 120; 150; 185; 240; 300; 400; 500; 625; 800.
27.2. rasmda SB markasidagi uch yertomirli zirhlangan kabelning umumiy ko’rinishi berilgan. Ekskavatorlarga elektr energiya uzatish uchun 9388-76 GOST bo’yicha “Drag va ekskavatorlar uchun rezina izolyatsiyali yuqori volьtli moslashuvchan kabellar”ishlab chiqarilayotgan moslashuvchan kabeldan foydalaniladi. KSHVG, KSHVGM, KSHVGD, KSHVGDM, KSHVGS va KSHVGMS markasidagi kabellar bildiradi: moslanuvshan yuqori volьtli shlangli kabelь. Qo’shimcha harflar: M- sovuqqa bardoshli bajarish; D- drag va boshqa yo’naltirish qurilmalar uchun; S- tok o’tkazuvchi tomirlarda po’lat o’zak. 7 rasmda KSHVG markasidagi kabel konstruktsiyasi keltirilgan.

Potentsialni olib tashlash uchun izolyatsiya yuzasi bo’ylab tok o’tkazuvchi tomirdan yuqorida har bir tomirda titrashga bardosh beradigan rezina qatlami va mis simdan ekranli to’qima yotqizilgan. Kabelning himoyalovchi qobig’i ikkita rezinali shlangdan iborat bo’lib, ular o’rtasida gazlamali lentadan iborat cho’lg’am joylashtiriladi.


ESH-100/100 qudratli ekskavatorlarni quvvatlash uchun KVGE 3x240+2x70+(1x10x6x2,5) kabel qo’llaniladi, u 240 mm2 li kesimli, zaminlovchi ikki 70 mm2 va birta 10 mm2 va oltita yordamchi qirqimli 2,5 mm2 uchta kuch tomirga ega bo’ladi. Nominal tok 600 A, 10 kV kabelning ishchi kuchlanishi. Zaminlovchi tomirni butunligini nazorat qilishga xizmat qiluvchi beshinchi tomir uchun 6 kV kuchlanishli beshtomirli kabelni chiqarishga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
Elektr eenrgiyani qudratli ekskavatorlarga yoniga olib kelish uchun 35 kV kuchlanishdagi moslshuvchan kabel tayyorlash boshlandi.
380-660 V kuchlanishdagi yuritma ko’chma kon mashinalarini elektr energiya bilan quvavtlash uchun moslashuvchan GRSH, GRSHE, KRPT va boshqa markadagi kabellar qo’llaniladi, izolyatsiyalash 0,1 kV gacha kuchlanishga mo’ljallangan. 8 rasmda GRSH (moslashuvchan, rezinali, shlangli) kabeli qirqimi keltirilgan.


АДАБИЁТЛАР

1. Ш.Г. Насритдинов Кончилик корхоналарининг электр ускуналари. Укув кулланма Тошкент 1995 йил.


2. А.А. Чунихин Электрические аппараты Москва «Энергия» - 1975 г.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling