Концепция реализации денежно-кредитной политики
Prudensial nazorat choralari
Download 460.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Pul-kredit siyosatining oraliq rejimi
Prudensial nazorat choralari
Bank tizimining moliyaviy mustahkamligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bank nazorati choralarining samarali qo‘llanilishi, pul-kredit siyosati ta’sirini oshirishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Bank nazoratini xalqaro amaliyot va andozalarga muvofiq holda takomillashtirilishi, bank tizimida raqobat muhitining kuchayishi hamda tijorat banklarining kredit siyosatida bozor mexanizmlarini keng qo‘llashni davom ettirilishi, o‘z navbatida, bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlayda va pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu modellarni qo‘llash o‘tgan davrdagi ma’lumotlarga asoslanganligi bois oldingi yillardagi statistik ma’lumotlarning sifati ishonchli prognozlarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, prognozlashning zamonaviy tizimini shakllantirish bilan bir vaqtda statistik ma’lumotlarning ishonchli bazasini yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Narxlarning shakllanish jarayonini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, nomonetar omillar ta’sirida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan inflyatsion xatarlarni oldindan aniqlash va ularning ichki narxlar barqarorligiga ta’sirini pasaytirish maqsadida Hukumat va tegishli vazirliklar bilan hamkorlik munosabatlari takomillashtirib boriladi. V. Pul-kredit siyosatining oraliq rejimi Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda amalga oshiriladigan pul- kredit siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi. Inflyatsion targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga hamda iqtisodiy-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratiladi. Xususan, qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi. Download 460.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling