Концепция реализации денежно-кредитной политики


Normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartirishlar asosan quyidagilarni nazarda tutadi


Download 460.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana12.03.2023
Hajmi460.71 Kb.
#1263334
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartirishlar asosan quyidagilarni nazarda tutadi:
- Markaziy bank operatsion faoliyati mustaqilligini mustahkamlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasini Markaziy bankka yuklash;
- valyutani tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlarini va aniq me’yorlarini o‘rnatish, shuningdek valyuta bozorini rivojlantirish hamda uning bir maromda
faoliyat yuritishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish;
- bank faoliyatini tartibga solishning bozor mexanizmlari va tamoyillarini qo‘llashni kengaytirish, shuningdek sohada raqobat muhitini kuchaytirishning
kafolatlari hamda sharoitlarini ta’minlash va boshqalar.
Oraliq davrda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri Markaziy bankning valyuta bozorida market-meykerlik rolini pasaytirgan holda, valyuta bozorini
rivojlantirish hamda almashuv kursi barqarorligini ta’minlashning bozor mexanizmlariga o‘tish hisoblanadi.
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun tayyorgarlik davrida Markaziy bankning ustuvor vazifasi samarali antiinflyatsion siyosat olib borish
hisoblanadi. Ushbu maqsadga Markaziy bank instrumentlaridan moslashuvchanlik bilan foydalanish orqali qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab turish orqali
erishiladi.
Pul-kredit sharoitlari hamda inflyatsiya darajasini tahlil qilish, baholash va prognozlash ishlari ko‘rsatkichlarning keng to‘plamlaridan foydalangan holda
amalga oshiriladi. Bunda, narxlarni barqarorlashtirish siyosatini olib borishda asosiy ta’sir kanallarini aniqlash vazifasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining bozor instrumentlari turlarining kengayib borishi bilan bir qatorda maqsadli parametrlarga erishishga yo‘naltirilgan
monetar operatsiyalar faollashtirilib, hajmlari mutanosib ravishda oshirilib boriladi.
Shuningdek, ushbu davrda inflyatsiyani modellashtirish va prognozlash ishlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi hamda shu asnoda pul-kredit
siyosati instrumentlarini takomillashtirish borasidagi qarorlar qabul qilish jarayonining sinovi amalga oshirib boriladi. Modellar takomillashtirilishi bilan
inflyatsiyaning maqsadli miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Umuman olganda, pul-kredit siyosatining oraliq rejimi inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida pul-kredit siyosatining barcha
jarayonlari va uning instrumentlarini qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar majmuini qamrab oladi.

Download 460.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling