Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Download 5.77 Mb.
bet34/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

10.14-shakl.
Ko‘rish trubasining kattalashtirishi. Ko‘rish trubasining kattalashtirishi ko‘rish burchaklarining nisbati bilan ifodalanadi. Ko‘rish burchagi deganda narsaning chetki nuqtalaridan ko‘z qorachig‘iga tushgan ikki nur orasidagi burchak tushuniladi (11.14-shakl). O nuqtadan MN ni ko‘rish burchagi bo‘lsa, M1N1 ni ko‘rish burchagi 1 bo‘ladi; 1> bo‘lganidan M1N1>MN, ya’ni qaralgan narsaning ko‘rinish kattaligi ko‘rish burchagi kattaligiga to‘g‘ri proporsional o‘zgaradi. SHunda trubaning kattalashtirishi ko‘rish burchaklarining nisbatiga teng bo‘ladi:
(10.4)
Trubaning kurish maydoni. Tinch holatdagi trubadan qarab undan ko‘ringan fazo trubaning ko‘rish maydoni deyiladi.
Bu maydon (10.15-shakl) burchakning kattaligi bilan aniqlanadi. Burchakning kattaligi esa, shaklda ko‘rsatilganidek iplar to‘ri diafragmasining diametri d1 va ob’ektiv fokus masofasi fo6 ga bog‘liq. SHaklga ko‘ra

10.15-shakl.
yoki ,
bundan
(a)
bo‘ladi.
To‘r diafragmasining diametri d1 trubaning tuzilishi va okulyarning fokus masofasi fok ga bog‘liq bo‘lib, ular orasidagi munosabatni quyidagicha yozish mumkin:
d1=fokq (b)
q—bog‘lanish koeffitsienta bo‘lib, 0,5—0,75 ga teng. Bu qiymatlarni (a) ga qo‘ysak,

yoki soddalashtirsak
(v)
bo‘ladi. Agar =3438', deb, bularni (v) ga quysak,
(10.5)
chiqadi, ya’ni ko‘rish maydoni trubaning kattalashtirishiga teskari proporsional. Ko‘rish trubasining kattalashtirishi oshirilsa, ko‘rish maydoni kichiklashadi, kuzatiladigan nuqtani topish qiyinlashadi. SHunga ko‘ra trubaning kattalashtirishi ortiq bo‘lgan teodolitlarga, kattalashtirishi kichik ko‘rish maydoni esa katta bo‘lgan qo‘shimcha truba o‘rnatiladi va bu truba izlovchi truba deyiladi. Avval izlovchi truba bilan nuqtani topib, keyin asosiy truba bilan qaraladi.
Ko‘rish trubasining kattalashtirishini aniqlash. Trubaning kattalashtirishi har qaysi asbobni chiqargan zavodning asbobga qo‘shib beriladigan yo‘llanmasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Buni amalda quyidagicha aniqlash ham mumkin.
Reyka yordamida (Galiley usuli)-15—20 m masofaga reykani vertikal holda qo‘yib, bir vaqtda bir ko‘z bilan reykaga trubasiz, ikkinchi ko‘z bilan esa reykaga truba orqali qaraladi. Truba orqali qaralgandagi ma’lum oraliqqa ko‘z bilan qaraganda necha bo‘lak truba orqali qaraganda necha bo‘lak to‘g‘ri kelgani aniqlanadi.
Ko‘z bilan qaralganda ko‘ringan bo‘laklar soni (pko‘z), truba bilan qaralgandagi bo‘laklar soni (pT) ga bo‘linsa, trubaning kattalashtirishi chiqadi:
(10.6)


10.16-shakl. 10.17-shakl.
10.16-shaklda chap tomonda (a) truba orqali qarash, o‘ng tomonda (b) ko‘z bilan qarashdagi holat ko‘rsatilgan. (a) dagi bir bo‘lakka (b) da 20 bo‘lak to‘g‘ri kelgan, ya’ni pko‘z=20, pT =1; shunda (10.6) ga ko‘ra =20:1=20* bo‘ladi, ya’ni (a) dagi 3 bo‘lakka (b) da 60 bo‘lak to‘g‘ri keladi, =60:3=20* bo‘ladi.
Trubaning kattalashtirishini formula bilan aniqlash. Bunda
(10.7)
formula bilan aniqlanadi. Buning uchun ob’ektiv diametri chizg‘ich bilan o‘lchanadi, bu a bo‘ladi. Hyp chiqish teshigining diametri b o‘lchash lupasi yoki dinametr yordamida o‘lchanadi (11.17-shakl). Dinametr turli diametrdagi uchta (1, 2, 3) trubadan yasalib, katta diametrli trubaga lupa 4 o‘rnatilgan. 2 truba uchiga plastinka o‘rnatilib, unga qiymati 0,1 mm bo‘lgan shkala 5 chizilgan. SHkalaga lupa 4 dan qaraladi, ravshan qilish uchun 2 truba 3 ichida harakat qiladi. Ko‘rish trubasi uzoq nuqtaga qaratilib fokuslangach, uning okulyariga dinametr o‘rnatilib, 1 truba 2 truba ichida harakatlantiriladi-da, shkala yuzasida yopyg‘ doiracha hosil qilinadi; bu yorug‘ doiracha diametri chiiqish tirqishining, ya’ni ob’ektivdagi nur ko‘rish tirqishining okulyaridagi tasviri bo‘ladi. Bu doiracha diametri shkala bo‘laklari orqali o‘lchansa, u b qiymat bo‘ladi. Keyin a va b orqali (11.7) formula bo‘yicha ni aniqlash mumkin.
Ko‘rish maydonini aniqlash. Amaliy yul bilan kurish maydonini anщlash uchun asbobdan D masofaga (11.15-shakl) reykani vertikal qo‘yib, ko‘ringan oraliq l aniqlanadi. SHunda yoki
(10.8)
bo‘ladi. =3438'.
Vertikal doirali teodolitlarning ko‘rish maydoni quyidagicha aniqlanadi. Ma’lum masofadan bir nuqtaga ko‘rish maydonining yuqori cheti qaratilib, vertikal doiradan sanoq pyu olinadi. Keyin quyi cheti qaratilib, yana sanoq pq olinadi. SHunda ko‘rish maydon sanoqlar ayirmasiga teng bo‘ladi:
=pyu-pq. (10.9)
Iplar to‘ri. Trubani nuqtaga bir xilda aniq qaratish uchun trubada bel-gili nuqta bulishi kerak. Bunday nuqta sifatida ko‘rish trubasining okulyar tirsagida okulyar trubkachasining ob’ektiv tomonida maxsus diafragma shishasiga chizilgan vertikal, gorizontal chiziqlar kesishgan nuqta t qabul qilinadi (10.13-shakl, b), bu nuqta to‘r markazi ham deyiladi.
Bu iplar chizilgan shisha 4 diafragmaga o‘rnatilib, u iplar to‘ri deyiladi va o‘rnatilgan metall moslama to‘rt vint 5 yordamida ushlab turiladiki, bular iplar to‘rining tuzatish vintlari deb ataladi. Bu vintlar yordamida iplar to‘rini o‘ng-chapga, yuqori-quyiga surish mumkin.

10.18-shakl.
10.18-shaklda, GOST 10529—79 ga binoan, teodolitlarda ishlatiladigan to‘rdagi iplarning qanday chizilganligi (to‘rtta turi) va ular o‘rnatilgan teodolitlar ko‘rsatilgan. Ikki ipning vertikal yonma-yon o‘tkazilgani 2 bissektor deyiladi. 1—dalnomer iplari.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling