Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Ko‘rish trubasini ko‘zga va narsaga to‘


Download 5.77 Mb.
bet35/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

Ko‘rish trubasini ko‘zga va narsaga to‘g‘rilash.
Ko‘zga to‘g‘rilash. Ko‘rish trubasini ishlashdan oldin ko‘zga to‘g‘rilash kerak. Kuzatuvchi trubani osmonga yoki ochiq devorga qaratganda to‘r iplari ravshan va qoramtir bo‘lib ko‘rinmay, xira ko‘rinsa, buni yaxshilash uchun okulyar trubkachasi 3 (11.13-shakl) iplar yaqqol ko‘ringuncha o‘ng yoki chapga buraladi. Bu protsess trubani ko‘zga to‘g‘rilash deyiladi. YAngi asboblarda okulyar trubkasi maxsus halqasimon moslamaga o‘rnatiladi, bu moslama yordamida buralib ko‘zga to‘g‘rilanadi; bu dioptriya halqa deyiladi.
Trubani narsaga to‘g‘rilash. Kuzatiladigan narsa asbobga nisbatan turli uzoqlikda bo‘ladi, shunga ko‘ra, uning tasviri fokusga yaqin bo‘lmaganidan narsa tasviri xira ko‘rinadi. Tasvirni ravshan qilish uchun kremaler vint 6 yoki ichki fokuslanadigan yangi asboblarda trubadagi kremaler halqa tasvir tiniq va ravshan bo‘lguncha buraladi. Bu protsess trubani narsaga to‘g‘rilash yoki trubani fokuslash deyiladi.
Truba har nuqtaga qaratilganda fokuslanishi kerak. Trubani fokuslashda quyidagiga e’tibor berish lozim. Agar kuzatilgan narsa uzoqda bo‘lsa, kremaler vint trubkasini (vintini) chapga (soat strelkasi yurishiga teskari), yaqinda bo‘lsa, o‘ngga (soat strelkasi yurishi tomoniga) burash kerak.
Iplar to‘rining parallaksi. Truba to‘g‘ri fokuslanmasa, iplar to‘ri parallaksi vujudga keladi. To‘g‘ri fokuslanganda tasvir qq1 iplar to‘ri tekisligi RR1 da (fokal tekislikda) hosil bo‘ladi.

10.19-shakl.
Parallaks borligini bilish uchun okulyar oldida ko‘z g o‘ng yoki chapga, yuqori yoki pastga (g1 va g2 nuqtaga) harakat qildiriladi; shu vaqt tasvir qq1 nuqta t da o‘zgarmay tursa (11.19-shakl, a) to‘g‘ri fokuslangan bo‘ladi. Agar fokuslash etarli darajada to‘g‘ri bo‘lmasa, tasvir iplar to‘ri oldida (11.19-shakl, b) yoki orqasida (11.19-shakl, v) hosil bo‘ladi. Bu hodisa iplar to‘rining parallaksi deyiladi. Buni yo‘qotish uchun kremaler vintini bir oz burash, ya’ni to‘g‘ri fokuslash kerak.
Ichki fokuslanadigal truba. Tashqi fokuslanadigan trubalarni fokuslashda okulyar tirsagi ob’ektiv tirsagida tashqi tishlar (zubchatka) yordamida harakat qiladi, bunda truba uzunligi o‘zgaradi va havodagi chang-tuzon va namlik ta’sirida tishlar kirlanishi va zanglashi mumkin, shu sababli okulyar ravon harakat qilmaganidan ko‘rish o‘qining holati o‘zgaradi. Bu kamchilikni yo‘qotish uchun ko‘rish trubalari ichki fokuslanadigan qilib ishlanadi. 11.20-shaklda ichki fokuslanadigan trubaning kesimi va optikaviy sxemasi berilgan. Truba fokuslovchi linza L2 ni kremaler vint 5 yoki halqa yordamida truba ichida harakatlantirish yo‘li bilan fokuslanadi.

10.20-shakl. Ichki fokuslanadigan ko‘rish trubasi.
L—ob’ektiv, L3—murakkab okulyar, L2—fokuslash linzasi, V1V2—to‘rning tuzatgich vintlari, 001—optikaviy o‘q; 1—ob’ektivli tirsak, 2—patrubka, 3—iplar to‘ri, 4—okulyar trubkachasi, 5—kremaler vint, 6—diafragma, 7—okulyar tirsagi, 8—okulyar va ob’ektiv tirsaklar birlashgan joyi, t—to‘r markazi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling