Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


TT5 teodoliti bilan priyom usulida burchak o‘lchash jadvali TT5 № 3485


Download 5.77 Mb.
bet38/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

TT5 teodoliti bilan priyom usulida burchak o‘lchash jadvali TT5 № 3485

Nuqtalar nomeri

Verner sanoqlari

Sanoqlarning o‘rtachasi

Burchak qiymati

Burchaklarning o‘rtacha qiymati

Magnitaviy azimut

CHiziqning uzunligi, m

I

II

turgan

qaratgan

0


I


II


I


II


I


II


0


I


II


0


I


II








V

A

S

A



S

185


95

07

277


45

43



17

17

30

00

30



00

46

44



18

16

30

00

30



00

DO‘
46

43
DCH


38

16

00

30

00



30

90

90



02

01



30

30



90


02


00


1—2
5826


218,63



Keyin limb bo‘shatiladi va uni 90° ga burib yana mahkamlanadi, truba zenit orqali aylantiriladi. Bunda DCH holati bo‘ladi. YAna yuqoridagi kabi o‘nga, keyin chapga qarab, sanoqlar olinadi va burchak qiymati hisoblanadi (90°01'30"). Bu ikkinchi yarim priyom qiymati bo‘ladi. Ikki yarim priyomdagi burchak qiymatlarining ayirmasi 2t dan oshmasligi kerak.
Keyin ikkala yarim priyom qiymatlarining arifmetik o‘rtasi hisoblanadi (90°02'00"); bu to‘liq priyom qiymati deyiladi. Bu xil o‘lchashda kollimatsion xato ta’siri yuqoladi.
2. Doiraviy priyom usuli. Agar bir nuqtada bir necha yo‘nalish orasidagi burchaklar o‘lchansa, bunda doiraviy priyom usuli qo‘llaniladi.

11.2-shakl.
Bu usuldan triangulyasiya ishida ko‘p foydalaniladi. Masalan, O nuqtadan (11.2-shakl) chiqqan OA, OV, OS va OD yo‘nalishlar orasidagi burchaklarni o‘lchash kerak bo‘lsa, quyidagicha qilinadi. Teodolit T30 ni DO‘ holatida O nuqtaga o‘rnatib, ish vaziyatiga keltirgach, I verner 0° ga yaqin sanokda qo‘yiladi-da, alidada mahkamlanadi; limb aylantirilib, bosh nuqta A ga qaratiladi-da, mahkamlanadi. So‘ngra alidada bo‘shatilib, truba soat strelkasi yuradigan tomonga birin-ketin V, S, D va A nuqtalarga qaratiladi va mikroskopdan sanoq olib, jurnalga yoziladi. A nuqtaga qarab, dastlab va oxirda olingan sanoqlarning bir xil bo‘lishi limb holati o‘zgarmasligini ko‘rsatadi. Bu o‘lchash birinchi yarim priyom deyiladi. Keyin trubani zenit orqali aylantirib, DCH holatida yana bosh nuqta A ga qarab limb mahkamlanadi va sanoq olinadi. Keyin alidadani bo‘shatib uni soat strelkasi yuradigan tomonga qarshi yo‘naltiriladi-da, D, S, V va A nuqtalarga qarab sanoq olinadi va jurnal grafasiga yoziladi. Bu bilan ikkinchi yarim priyom tugaydi. Ikki yarim priyom natijalarining o‘rtasi to‘la priyom deyiladi. Bunda butun doira bo‘ylab aylanilgani uchun u doiraviy priyom deb ataladi.
DO‘ va DCH da olingan sanoqlap arifmetik o‘rtasi hisoblanadi. , ,  va  burchaklarning qiymatlarini (11.1) formula yordamida, hap qaysi burchakning qiymatini o‘ng sanoqdan chap sanoqni ayirish yo‘li bilan topish mumkin. Amalda ko‘proq avval yo‘nalishlar sanog‘i hisoblanib, keyin keltirilgan yo‘nalish sanog‘i bilan kerakli burchak topiladi.
3. Takrorlash usuli. Bu usul takroriy teodolit bilan ishlashda qo‘llanilishi mumkin. Teodolit verneri va mikroskopidan sanoq olish xatosi trubani nuqtaga qaratish xatosidan bir necha baravar katta bo‘lganidan bu usul ko‘proq qaratib kamroq sanoq olishga asoslanadi.
Asbobni V nuqtaga (11.1-shakl) o‘rnatib, ish holatiga keltirgach, DO‘ holida I vernerni 0 ga yaqin son (0°03') ga qo‘yib, alidada mahkamlanadi. Limbni aylantirib, chap nuqta S ga qaraladi-da, limb mahkamlanadi. Keyin alidadani bo‘shatib, o‘ng nuqta A ga qaraladi, alidadani mahkamlab, sanoq (74°36') olinadi va jurnalga yoziladi (11.3-jadval). Bu sanoq burchakning taxminiy qiymati bo‘lib, u kontrol sanoq deyiladi. Bunda o‘lchanadigan burchak limb tekisligiga bir marta qo‘yilgan bo‘ladi. Keyin limbni bo‘shatib, chapga aylantiriladi-da S nuqtaga qaraladi va limb mahkamlanadi; alidadani bo‘shatib, o‘ng nuqta A ga qaraladi va alidada mahkamlanadi, lekin sanoq olinmaydi. Bunda burchak limbga ikkinchi marta qo‘yilgan, ya’ni burchak ikki marta o‘lchangan bo‘ladi. Agar burchak uch marta o‘lchanadigan bo‘lsa, yana limbni bo‘shatib, chapga aylantiriladi va S nuqtaga qaraladi, so‘ngra limb mahkamlanadi. Alidada bo‘shatilib, o‘ngga buriladi-da, A nuqtaga qarab, alidada mahkamlanadi va sanoq olinadi. Bunda burchak limbga uch marta qo‘yilgan bo‘ladi. Bu sanoq 223°45' deb faraz qilaylik.
Bundan bosh sanoq 0°03' ni ayirib, natija uchga bo‘linsa, burchakning uch marta takrorlash yo‘li bilan birinchi yarim priyomda o‘lchangan qiymati 74°34' topiladi. Xuddi shu tartibda doiraning DCH holatida ham o‘lchanib, ikkinchi yarim priyomdagi qiymati topiladi.
Bu natijalar farqi 2t dan oshmasa, bularning arifmetik o‘rta qiymati topiladi va «burchak o‘rtachasi» grafasiga yoziladi (t—sanoq olish aniqligi).
Ko‘ramizki, bu usulda nuqtalarga olti marta qaraldi, lekin burchak ikki sanoq ayirmasi orqali topildi.

11.2-j a d v a l



Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling